USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Yangi transport koridori

Nashr qilingan sana: 01 11 2017

To‘qqizta zamonaviy yuk mashinasi — xalqaro avtokarvon Toshkentdan Xitoyning Qoshg‘ar shahri tomon yo‘l oldi. Uning tarkibidagi O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy yuk mashinalari “Toshkent – Andijon – O‘sh – Irkishtom – Qoshg‘ar” yo‘nalishi bo‘yicha ilk bor yo‘lga chiqdi.

Avtokarvon harakatlanish yo‘nalishi bo‘yicha umumiy masofa — 900 km.ni bosib o‘tadi. Yurtimiz, Qirg‘iziston va Xitoy bo‘ylab o‘rtacha 50-60km.soat tezlikda harakatlanadigan avtokarvon ikki kun yo‘l yuradi.

– “Toshkent – Andijon – O‘sh – Irkishtom – Qoshg‘ar” yangi avtomobil koridori Buyuk ipak yo‘lining zamonaviy ko‘rinishidir, – deydi O‘zbekiston xalqaro ekspeditorlar assotsiatsiyasi bosh direktori Davronbek Xamrayev. — Ushbu yo‘nalish hududlar o‘rtasida transport-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada taraqqiy ettirish, manfaatli hamkorlik asosida o‘zaro savdo aylanmasini oshirishda muhim o‘rin tutadigan kelajagi bor yo‘lakdir. Aytib o‘tish kerakki, bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi yuk yetkazib berish xizmati asosan temir yo‘l orqali amalga oshirilmoqda. Ochilgan ushbu yo‘nalish bilan esa ham vaqtdan, ham xarajatlardan yutish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Mamlakatimizning iqtisodiy o‘sishi qo‘shni davlatlarga eksport tovarlari hajmini oshirishi bilan ham bog‘liq bo‘lib, ushbu yo‘nalish bunda katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu qatnov koridori Rossiya va Qozog‘iston transport yuk tashivchilarini ham qiziqtrishi shubhasiz.

 

Sergey Mixaylov.

Rashid Galiyev olgan surat.

Ko'rishlar soni

149