USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

XIII Xalqaro paxta va to‘qimachilik mahsulotlari yarmarkasi yakunlandi

Nashr qilingan sana: 25 10 2017

         O‘zbekiston XIII xalqaro paxta va to‘qimachilik mahsulotlari yarmarkasi davomida tayyor va yarim tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini 1 milliard dollardan ortiq miqdorda eksport qilish bo‘yicha shartnomalar imzoladi, deb xabar beradi UzDaily.

23-24 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan yarmarka davomida Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Singapur, Moldova va boshqa mamlakatlardan kelgan kompaniya vakillari bilan shartnomalar tuzildi. Yarmarkada dunyoning 50 mamlakatidan 1500dan ortiq mutaxassis ishtirok etdi.

O‘tgan yili bo‘lib o‘tgan yarmarka jarayonida O‘zbekiston 1,32 milliard dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari va 550 ming tonna paxta tolasini sotish bo‘yicha shartnomalar imzolagandi.

O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati tarmog‘i 2016-yilda 1,146 milliard dollarlik mahsulot eksport qilgan bo‘lsa, 2017-yilda bu raqam 1,3 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

Ko'rishlar soni

213