USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Xalqaro bank kartalari orqali aviachipta sotib olish mumkin

Nashr qilingan sana: 13 11 2017

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan hamkorlikda aviachiptalarni aviakompaniyaning korporativ sayti orqali sotilish bo‘yicha loyihaning navbatdagi bosqichini ishga tushirdi. Unga ko‘ra aviachipta uchun to‘lovlarni xalqaro bank kartalari orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi, deyiladi aviakompaniya saytida.

10-noyabrdan boshlab aviachipta uchun haqni VISA bank kartalari orqali to‘lash mumkin.

Keyingi bosqichda MasterCard, American Express plastik kartalari va boshqa turdagi kartalardan foydalanish imkonini beruvchi xalqaro to‘lov tizimini ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Milliy bankning bevosita ishtirokida, shuningdek, elektron kommersiyasini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi sabablarni bartaraf etish yuzasidan o‘tkazilgan chora-tadbirlar, interaktiv xizmatlarni joriy qilish uchun tegishli sharoitlarning yaratilishi ushbu loyihaning qisqa muddatlarda amalga oshirilishiga imkon beradi.

Bu interaktiv xizmatlarni ishga tushirish “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK qatnovlariga aviachiptalarni dunyoning istalgan nuqtasida sotishga imkon beradi va O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirishga yordam beradi, deyiladi aviakompaniya axborotida.

Ko'rishlar soni

144