USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

UzPhone milliy messenjeri 2018-yilda ish boshlaydi

Nashr qilingan sana: 01 11 2017

O‘zbekistonda milliy messenjerni yaratish jarayoni boshlab yuborilgan, deya 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida “O‘zbektelekom” xabar bergan edi.

Ushbu xizmat hozirgi kunda sinov tartibida faoliyat yuritayitgan bo‘lib, undan xabar yuborish va qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish mumkin. Xizmat  ikki oydan so‘ng beta-test tizimiga o‘tadi va bir yildan so‘ng keng jamoatchilikka taqdim etiladi.

Ushbu xizmatning afzalliklaridan biri, uning o‘z analoglari bo‘lgan Telegram va Skypega nisbatan  kam trafik sarflashidadir. Messenjer Smart-TV va IP-telefoniya xizmatlari bilan uyg‘unlashtirilishi hamda 1 milliongacha bo‘lgan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilmoqda.

Ko'rishlar soni

295