USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Turkiyalik ekspert “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi

Nashr qilingan sana: 08 11 2017

O‘rxan Sivrikaya Milliy aviakompaniyaning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi, deb xabar beradi MAK matbuot xizmati. U ushbu lavozimga noyabr oyidan boshlab kirishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi delegatsiyaning oktabr oyida Turkiyaga tashrifi davomida “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tomonidan fuqarolik aviatsiyasi bo‘yicha turkiyalik ekspertni maslahatchi sifatida ishga olish masalasi ko‘rib chiqilgandi. Unda mashhur top-menejer O‘rxan Sivrikayani hamkorlikka jalb etishga qaror qilingandi.

U 1991-yil Bosfor universitetini tamomlab, Turkiya, Yevropa va Shimoliy Amerikada mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Texnika fanlari doktori bo‘lgan O‘rxan Sivrikaya 2015-yilda Turkiyada “Yilning eng yaxshi marketing direktori” deya tan olingan.

Ko'rishlar soni

133