USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Toshkentda YTTB vakolatxonasi ochildi

Nashr qilingan sana: 09 11 2017

O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakolatxonasi ochildi.

Mamlakatimizga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki birinchi vitse-prezidenti Filipp Bennett rahbarligidagi delegatsiyaning tashrifi doirasida tashkil etilgan mazkur marosimda vazirlik va idoralar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, soha mutaxassislari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki birinchi vitse-prezidenti F.Bennett va boshqalar O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, sohada xalqaro moliya institutlari, xususan, YTTB bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Tadbir doirasida Namangan va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida suv va issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirishga oid qiymati qariyb 215 million AQSh dollarlik beshta hujjat imzolandi. Bu loyihalar aholi salomatligi va turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi.

Shu kuni F.Bennett boshchiligidagi delegatsiya Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi. Universitet faoliyati, o‘quv jarayoni, ta’lim tizimi bilan tanishdi.

Ko'rishlar soni

129