USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Taxtako'pirda yangi qo'shma korxona qurilishi boshlandi

Nashr qilingan sana: 05 02 2018

Qoraqalpog'iston Respublikasi Taxtako'pir tumani "Qaraoy" ovul fuqarolar yig'ini hududida mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "Agro kompleks Karakalpakstan" O'zbekiston – Amerika qo'shma korxonasi qurilishi boshlandi, deb xabar beradi O'zA. 


Majmua loyihasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan. Umumiy qiymati 3 million AQSh dollaridan iborat mazkur loyihaga 700 ming dollar xorijiy investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan. 

Loyiha ikki bosqichdan iborat: 1-bosqichda xorijdan 700 bosh naslli qoramol, 2-bosqichda esa 2000 bosh naslli qo'y keltiriladi. 

Qo'shma korxonaga ajratilgan 540,3 gektar erning 386,8 gektari ekin maydoni uchun ajratilgan. 

Loyiha ishga tushgach, aholining meva-sabzavot, go'sht, sut mahsulotlariga, shuningdek, chorvaning omixta emga bo'lgan talabi shu joyning o'zida qanoatlantiriladi. 

Joriy yil noyabrь-dekabrь oylarida gidroponika texnikasi asosida issiqxonalar qurish, bug'doy, sholi va go'sht mahsulotlarini qayta ishlash maqsadida xorijdan zamonaviy uskunalar keltirish nazarda tutilgan. 

Majmuada qoramol, qo'y, echki boqish va tuyachilikni yo'lga qo'yish rejalashtirilgan. Ayni paytda korxonada 20 kishi doimiy ish bilan ta`minlangan bo'lib, majmua to'liq ishga tushgach, 100 dan ortiq ish o'rni yaratiladi.

Ko'rishlar soni

62