USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Tadbirkor – bu taraqqiyot lokomotivi

Nashr qilingan sana: 10 11 2017

“ – Men o‘z mablag‘i, tashkilotchiligi bilan hech bo‘lmaganda 2-3 ta ish o‘rni yaratgan tadbirkorni boshimga ko‘tarishga tayyorman, deb aytgan gaplarimni bugun ham takrorlashdan charchamayman. Mana, Samarqandning o‘zida shuncha korxonalar ochilib, ming-minglab ish o‘rinlari yaratilayotgan ekan, buning uchun viloyatdagi barcha kichik biznes va tadbirkorlik sohasi vakillariga chin yurakdan rahmat aytmoqchiman, – dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlagan nutqida.

– Haqiqatan ham, xalq, davlat nimaning hisobidan boy va qudratli bo‘ladi? Eng avvalo, shu yo‘lda kuchini, bilim va tajribasini, kerak bo‘lsa, moliyu jonini ayamaydigan sizlardek tadbirkorlar hisobidan. 

Bizning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida olib borayotgan islohotlarimizni jahon hamjamiyati, nufuzli xalqaro tashkilotlar tan olayotgani – bu avvalo sizlarning mehnatingizga berilgan bahodir. Shaxsan men shunday deb hisoblayman.

Agar sizlardan harakat bo‘lmasa, faqat farmon va qarorlar bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun men tadbirkor – bu taraqqiyot lokomotivi, yurt tayanchi, deb aytishga, sizlarni bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga tayyorman, – dedi davlatimiz rahbari.

Ko'rishlar soni

90