USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Samarqanddan Istanbulga ilk parvoz amalga oshirildi

Nashr qilingan sana: 31 10 2017

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 30-oktabrdan boshlab Samarqand-Istanbul-Samarqand yo‘nalishida doimiy parvozlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishini xabar qilgan edi. Qatnov har dushanba kuni, shuningdek, 16-noyabrdan boshlab payshanba kunlari ham “Boeing” hamda “Airbus” samolyotlarida amalga oshiriladi. 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiyaga davlat tashrifi davomida har ikki davlatning o‘zaro hamkorligi va fuqaro aviatsiyasini yanada rivojlantirish uchun muntazam qatnov reyslarini yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvga erishilgan  edi.  
Yangi yo‘nalish bo‘yicha aviachiptalar tezda sotildi, sababi Turkiyaga parvoz qiluvchilar soni ko‘pchilikni tashkil etadi. Endi Samarqand aholisi Turkiyaga safar qilish uchun Toshkentga kelmasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri Istanbulga uchishlari mumkin.
 “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning “Boeing 757” rusumli samolyoti bortida 177 nafar yo‘lovchi bilan  “Samarqand” xalqaro aeroportidan tantanali ravishda kuzatildi. Ushbu kun milliy avikompaniya rivojlanish tarixida hamda Turkiya davlati bilan iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim sana bo‘lib qoladi.

Ko'rishlar soni

228