USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Ravon Rossiyadagi eng arzon avtomobillar qatoridan joy oldi

Nashr qilingan sana: 06 11 2017

O‘zbekistonning Ravon avtomobillari o‘rtacha narxlar bo‘yicha Rossiya bozorida eng arzon mashinalar qatoridan joy oldi. Ushbu natija “Avtostat” tahliliy agentligi mutaxassislari tomonidan tuzilgan reytingga ko‘ra belgilandi.

Rossiya avtomobillar bozorida joriy yilning 9 oyi davomida avtomobillarning sotilishi bo‘yicha o‘tkazilgan reytingda 500 donadan ko‘proq avtomobil sotgan 40 ta marka ishtirok etdi. Bunda har bir modelning ham qimmat, ham arzon modifikatsiyalari hisobga olingan.

0,54 million rubl bilan Ravon avtomobillari arzon narxdagi avtomobillar segmentida Yaponiyaning Datsun markasidan so‘ng, Rossiyaning “LADA”sidan oldingi o‘rinni egalladi.

Ko'rishlar soni

143