USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Qayta moliyalash stavkasi o‘zgarishsiz qoldirildi

Nashr qilingan sana: 27 10 2017

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi o‘zining navbatdagi yig‘ilishida qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foiz miqdorida qoldirish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Mazkur qaror makroiqtisodiy holat, pul-kredit siyosati, iste’mol baholari indeksi dinamikasi tahlili, inflyatsiyaning prognozi va yil yakuniga qadar foiz siyosatidan kelib chiqib qabul qilindi.

Shu bilan birga milliy valyutadagi aktivlarning daromadliligini saqlab qolish, real foiz stavkalarining ijobiyligini ta’minlash va iqtisodiyotda pul taklifi sur’atlari o‘sishining oldini olish maqsadi ko‘zlandi, deyiladi Markaziy bank axborotida.

Ko'rishlar soni

104