Nashr qilingan sana: 09 11 2017
Joriy yilning 8-noyabr kuni poytaxtimizda investitsion muhitni yaxshilash, erishilgan natijalarni organish va ustuvor yonalishlarni belgilab olishga bagishlangan xalqaro davra suhbati bolib otdi.
Investitsion jarayon ishtirokchilarini birlashtirgan mazkur tadbir, davlat va xalqaro tashkilot mutaxassislari, shuningdek, eng yirik xorijiy va mahalliy korxona vakillari ortasida mamlakatimizdagi investorlarning manfaatlarini kozlovchi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun ochiq maydonchaga aylandi. Forum Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi, BMT Taraqqiyot Dasturining Ozbekiston Respublikasida investitsion muhitni yaxshilash loyihasi va YTTBning Ozbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Xalqaro Press Klub axborot komagida tashkil etildi. Davra suhbati ishtirokchilarining takidlashicha, investitsion salohiyatning osishiga tosqinlik qiluvchi asosiy omillar sohaga oid milliy qonunchilikning takomillashmagani, xususan, qonunchilik meyorlarininginvestitsiya sohalari boylab tarqalishiga salbiy tasir korsatadi.
Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi tomonidan Oliy Majlis Senati va BMT Taraqqiyot Dasturining ekspertlari komagida Investitsiya Kodeksini ishlab chiqishda ish olib boradigan idoralararo ishchi guruhi tuzildi.
Tadbir doirasidagi muhokamalar davomida hukumat vakillari, tadbirkorlar, yetakchi ekspertlar mazkur Kodeksning konsepsiyasini muhokama qilish imkoniyatiga ega boldilar. Ularning ta’kidlashicha, ushbu hujjat yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilish yollarini aniqlashda, sarmoyaviy salohiyatning oshishida, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan qonunlar ishlab chiqilishida hamda kafolatlangan qoshimcha imkoniyatlar yaratilishida alohida ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda Investitsiya kodeksining loyihasi www.regulation.gov.uz. portalida jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilganligi qayd etildi.
Shuningdek, davra suhbati davomida Jahon banki, YTTB, yirik konsalting kompaniyalari bolgan Ernst & Young va KPMG kabi xalqaro tuzilmalar spikerlari oz nutqlarida valyuta siyosatini liberallashtirish va milliy qonunchilikni takomillashtirish boyicha qabul qilingan chora-tadbirlarni yuqori baholadilar, oz tajribalari bilan ortoqlashish barobarida iqtisodiy islohotlarga oid tavsiyalar ham berishdi.
Tadbir ishtirokchilari bu kabi forumlar jahon amaliyotida oz tasdigini topgan eng samarali vositalardan biri bolishini ta’kidladilar.
Davlat sektori, xalqaro tashkilotlar, xorijiy va milliy xususiy kompaniya vakillarining muhokamalarda ishtirok etishi investitsion jarayon qatnashchilarining tajribalarini birlashtirish imkonini berdi va ular asnosida davra suhbati yakunida tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.