USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O‘zbekistonda chiqindini qayta ishlash zavodlari ish boshladi

Nashr qilingan sana: 01 11 2017

Respublikamizning turli hududlarida chiqindilarni qayta ishlash obyektlari ishga tushirilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ana shunday korxona yiliga 78 ming tonna chiqindini qayta ishlash quvvatiga ega. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun maxsus asbob-uskunalar keltirildi. 13 yil davomida konservalash zavodi joylashgan va bugungi kunda bo‘sh turgan bino ushbu loyiha uchun ajratildi.

Shuningdek, Navoiy viloyatida ham qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlovchi korxona ishga tushirildi. U kuniga 200 tonna chiqindini qayta ishlash imkoniyatiga ega. Bu kabi korxonalar Buxoro viloyatining Kogon hamda Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanlarida ham ish boshladi, deb xabar beradi Uzbekistan Today nashri.

Ko'rishlar soni

183