USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O'zbekistonda 2018 yilda 150 ming tonna baliq etishtiriladi

Nashr qilingan sana: 06 02 2018

2018 yilda baliq etishtirish hajmini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida Prezident Qarori qabul qilindi, deb xabar beradi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Telegramdagi "Huquqiy axborot" kanali.


Qarorda ta`kidlanishicha, hozirda O'zbekistonda 3 mingdan ortiq baliqchilikka ixtisoslashgan xo'jaliklar faoliyat yuritmoqda. 

Baliqchilikni ilmiy asoslangan tarzda tashkil etish, inkubatsiya tsexlari va baliq boqish joylarini qurish, mavjud suv havzalarini modernizatsiya qilish va kengaytirish baliqchilik sohasini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari etib belgilandi.

2018 yilga baliq etishtirishning prognoz ko'rsatkichlari tasdiqlandi. Unga ko'ra, joriy yilda 150 ming tonna baliq etishtirilishi rejalashtirilmoqda.

Qaror bilan 2020 yil 1 yanvarga qadar O'zbekiston hududiga baliq kombikormini olib kirishda bojxona to'lovlari bekor qilinadi.

Ko'rishlar soni

120