USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot hajmi 5,3 foizga o‘sdi

Nashr qilingan sana: 27 10 2017

2017-yilning o‘tgan 9 oyida O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,3 foizga o‘sib, 170,074 trln so‘mni tashkil etdi, deb xabar berdi Davlat statistika qo‘mitasi. O‘tgan 2016-yilning yanvar-sentabr oylarida o‘sish 7,8 foizni tashkil etgan edi.

To‘qqiz oy davomida sanoat ishlab chiqarish hajmi 5,6 foizga (+7,2 foiz), qurilish ishlari 5,3 foizga (+15 foiz), chakana tovar aylanmasi 4,3 foizga (+14,2 foizga), xizmatlar 6,9 foizga (+12,4 foiz) oshdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3,5 foizga (+6,4 foiz) o‘sdi.

Hisobot davrida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 1 foizga oshib, 39,536 trln so‘mga yetdi.

Ko'rishlar soni

275