USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O'zbekiston sayyohlik salohiyati Turkiyada namoyish etildi

Nashr qilingan sana: 04 02 2018

Turkiyaning Istanbul shahrida «EMITT-2018” yigirma ikkinchi xalqaro sayyohlik yarmarkasi bo'lib o'tdi. Bu haqda «O'zbekiston havo yo'llari» milliy aviakompaniyasi xabar qiladi.


Mazkur yarmarka dunyo miqyosidagi yirik xalqaro tadbirlardan biri hisoblanadi. Uning navbatdagi ko'rgazmasida 80 dan ortiq mamlakatlardan mingdan ziyod sayyohlik firma va kompaniya vakillari, ekspert hamda olimlar ishtirok etdi.

Yarmarkada namoyish etilgan «O'zbekiston havo yo'llari» stendida milliy aviatashuvchi faoliyati haqidagi axborot materiallari, MAK aviaparki, aviakompaniya qatnovlari jadvali va O'zbekiston tur-paketlarining ko'rgazma vaqtida sotilishi mumkinligi tashrif buyuruvchilarni o'ziga jalb qildi.

Xalqaro sayyohlik yarmarkasida tarixiy obidalarimiz va milliy qadriyatlarimiz aks etgan «O'zbekiston» stendi tashkilotchilar tomonidan «Eng yaxshi stend», deb topildi.

Ko'rishlar soni

82