USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O‘zbekiston — Qozog‘iston savdo aylanmasi 5 milliard dollarga yetkaziladi

Nashr qilingan sana: 01 11 2017

Xalqaro hamkorlik markazida 31-oktabr kuni “O‘zbekiston – Qozog‘iston: diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi, deyiladi O‘zA xabarida.

Forumda qayd etilganidek, iqtisodiy, gumanitar, savdo, sarmoya sohasida sezilarli natijalarga erishishda O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida 2017-2019-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida hududlararo hamkorlik to‘g‘risidagi bitim muhim o‘rin tutadi. 2016-yilda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 milliard dollarni tashkil qildi. Kelgusida savdo aylanmasini 5 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Anjumanning sho‘ba yig‘ilishlarida siyosat, iqtisodiyot, transport sohalarida hamkorlikning istiqbollari, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarning davlatlararo munosabatlarni mustahkamlashdagi roli kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusida O‘zbekiston – Qozog‘iston Ekspertlar kengashini tashkil etish turli sohalarda muntazam fikr almashish va tashabbuslarni birgalikda ishlab chiqish uchun qulay platforma bo‘lishi ta’kidlandi hamda Forum yakuni bo‘yicha qo‘shma kommyunike qabul qilindi.

Ko'rishlar soni

212