USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O‘zbekiston Pokistonga dukkakli mahsulotlarni eksport qiladi

Nashr qilingan sana: 30 10 2017

23-oktabr kuni “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi rahbariyati Pokiston meva-sabzavot mahsulotlarining import va eskporti savdo assotsiatsiyasi birinchi rais o‘rinbosari Shoayb Ahmad hamda ushbu mamlakat Sitrus mevalari eksporti qo‘mitasi boshlig‘i Sarafraz Xusayn bilan yurtimizda yetishtirilgan mosh, loviya va no‘xat eskporti bo‘yicha muzokara olib borishdi.

Shoayb Ahmad Pokiston aholisi 250 milliondan oshiq ekanligini inobatga olgan holda, mamlakatning mosh, loviya, no‘xat va boshqa mahsulotlarga ehtiyoji borligini ta’kidlab, O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilish har ikkala tomonga manfaatli ekanligini bildirdi.

O‘z navbatida xorijlik mehmonlar mandarin, kartoshka va mangoni O‘zbekistonga eksport qilish taklifi bilan chiqishdi. Shuningdek, shu yilning noyabr oyida pokistonlik vakillar o‘zbekistonlik mutaxassislarni o‘z mamlakatlariga taklif qilishdi.

“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi pokistonlik tadbirkorlarga qayta ishlangan meva-sabzavotlar va boshqa mahsulotlar eksportini yo‘lga qo’yish taklifini berdi, deb xabar tarqatdi kompaniya matbuot xizmati.

Ko'rishlar soni

267