USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O'zbekiston-Koreya biznes-forumi bo‘lib o‘tadi

Nashr qilingan sana: 08 11 2017

Joriy yilning 7-11-noyabr kunlari Koreya Respublikasi Kichik va o‘rta biznes federatsiyasi raisining o‘rinbosari Li Xong Vu rahbarligida ishbilarmon doiralar vakillari delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

 Mazkur tashrif doirasida  8-noyabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan ikki davlat tadbirkorlari ishtirokidagi O‘zbekiston-Koreya biznes-forumi va kooperatsiya birjasi o‘tkaziladi.

Tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida savdo aloqalari yo‘lga qo‘yilishi va kengayishini qo‘llab-quvvatlash, yangi qo‘shma korxonalar sonini hamda ikki tomonlama mahsulot aylanmasini oshirishdan iborat.

Forumda qurilish, oziq-ovqat sanoati, savdo, zargarlik buyumlari, tibbiyot anjomlari, shaxsiy gigiyena buyumlari kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan Janubiy Koreyaning yirik kompaniyalaridan kelgan 50 ga yaqin vakil, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining turli viloyatlarida joylashgan yirik korxonalar va kompaniyalarning 150 dan ortiq vakillari ishtirok etmoqda.

Ishbilarmonlik uchrashuvi chog‘ida ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha masalalar muhokama qilinadi, deb xabar beradi Savdo sanoat palatasi saytida.

Shu bilan birga, tadbir davomida o‘zbek kompaniyalari vakillarining e’tiboriga Koreyaning «EKSIMBANK»i tomonidan O‘zbekiston Milliy bankiga koreys kompaniyalari qurilmalarini xarid qilish uchun ajratiladigan kredit liniyalari taqdim etiladi.

Biznes-forum doirasida hamkorlikka oid qator kelishuvlarning imzolanishi kutilmoqda. Koreya Respublikasi ishbilarmon doiralari delegatsiyasi shuningdek «O'zbekistonda ishlab chiqarilgan» ko'rgazma-yarmarkasiga ham tashrif buyuradi.

Ko'rishlar soni

127