USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O‘zbekiston delegatsiyasi elektron hukumat bo‘yicha xalqaro forumda ishtirok etdi

Nashr qilingan sana: 07 11 2017

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi Koreya Respublikasining Seul shahrida 31-oktabr — 3-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan elektron hukumat bo‘yicha xalqaro forumda ishtirok etdi.

Forum O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi  o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokamasiga bag‘ishlandi. Forum Koreya elektron hukumat tizimining 50-yilligiga bag‘ishlab tashkil etildi.

Tashrif davomida Axborot jamiyati milliy agentligi (NIA) prezidenti So Byong-Jo bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi. Unda NIA agentligining O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan O‘zbekiston IT-bozorining eksport salohiyati, elektron hukumatni qo‘llab-quvvatlash, yangi texnologiyalar, jumladan, yirik ma’lumotlar (Big Data) va narsalar interneti (IoT)ni qo‘llash bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish yo‘llari muhokama qilindi.

AKT vazirligi delegatsiyasining Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifi natijalariga ko‘ra, “Xavfsiz shahar” loyihasi, elektron hukumatni rivojlantirish doirasida koreya tajribasini o‘rganish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik kelishuvlari imzolandi. Bundan tashqari, O‘zbekistonning axborot texnologiyalari sohasidagi investitsiya salohiyati hamda «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi faoliyati haqida Koreya IT-kompaniyalari va tashkilotlariga axborot materiallarini tarqatish masalasi ham hal qilindi, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Ko'rishlar soni

199