USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

“O‘zavtosanoat” va GM hamkorlik shaklini o‘zgartiradi

Nashr qilingan sana: 27 10 2017

2007-yildan buyon hamkorlik qilib kelayotgan “O‘zavtosanoat” kompaniyasi va Amerikaning General Motors kompaniyasi o‘zbek avtosanoatini mustaqil ravishda faoliyat yuritishiga katta hissa qo‘shuvchi GM-O‘zbekiston Alyansini tashkil etish haqida kelishuvga erishdi.  Bu haqda GM Uzbekistan QK press-relizida aytilgan.

Alyans doirasida tomonlar O‘zbekistonda avtomobillar va dvigatellarni ishlab chiqarish, ichki va tashqi bozorda Chevrolet hamda Ravon brendlari ostida avtomobil savdosi, yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan loyihalar ustida ishlashda hamkorlikni davom ettiradi. GM-O‘zbekiston Alyansi doirasida tomonlar MDH va yangi bozorlarda eksportni kengaytirish masalalarini o‘rganishadi. Alyans, shuningdek, GM kompaniyasining avtomobil texnologiyalari va nou-xaularidan foydalanishni ta’minlaydi.

Ikki tomon Alyansga o‘tish bandlik darajasiga yoki avtomobil va dvigatellar ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qilmasligini tasdiqlaydi. GM kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobil va dvigatellar ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlarni yetkazib berishni hamda O‘zbekiston avtosanoatini konsultativ, texnik ko‘mak berishga yo‘naltirilgan yangi tashkil topayotgan GM Advisory Services kompaniyasi orqali qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Ko'rishlar soni

246