USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

«O'rikzor» bozori sotuvga qo'yildi

Nashr qilingan sana: 02 02 2018

Toshkentdagi «O'rikzor» ulgurji-chakana bozori sotuvga qo'yildi, deb xabar  berdi «Spot.uz».


Raqobatni rivojlantirish qo'mitasi Toshkent shahar boshqarmasi 31 yanvarь kuni savdoga qo'ygan davlat aktivlari ro'yxatida savdo va xizmatlar ko'rsatish bo'yicha ikki kompleks ham ko'rsatib o'tilgan.

Toshkent avtomobilь halqa yo'lida joylashgan, 22,7 ming kvadrat metr maydonga ega birinchi majmua - 42,7 milliard, Uyg'ur ko'chasidagi maydoni 23,6 ming kvadrat metr bo'lgan ikkinchi majmua 62 milliard so'mdan taklif etilmoqda.

Ikki majmua ham oferta shartnomasi bo'yicha taklif etilmoqda va investitsiya majburiyatlari bilan sotiladi. Yangi xaridor mazkur ob`ektlarga mablag' kiritishi lozim.

Ko'rishlar soni

82