USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Naqd xorijiy valyutani qabul qilish haqidagi nizomga o'zgartishlar kiritildi

Nashr qilingan sana: 18 03 2018

Markaziy bank O'zbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi to'g'risida nizomga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar haqida ma`lumot berdi.


Unga ko'ra, eksport faoliyatini amalga oshirishda yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tadbirkorlik sub`ektlariga:

— O'zbekiston Respublikasi hududida tovar (ish, xizmat)larni norezidentlar tomonidan valyuta mablag'lari tijorat banklari kassalariga kirim qilinishi asosida naqd chet el valyutasiga eksport qilish;

— xorijda o'tkazilgan ko'rgazma va yarmarkalarda tovarlarni sotishdan olingan naqd chet el valyutalarini O'zbekiston Respublikasidagi tijorat banklari kassalariga kirim qilish huquqlari berildi.

Bundan tashqari, endilikda tovar (ish, xizmat)lar uchun to'lovlarni AQSh dollari, ingliz funt sterlingi, evro, shveytsariya franki, yapon ienasidan tashqari tijorat banklari o'z ixtiyoriga ko'ra boshqa valyutalarni ham qabul qilishlari mumkin.

Respublika aholisiga yaratilgan qulayliklardan yana biri tijorat banklari kassalariga naqd chet el valyutasini qabul qilishda:

— jismoniy shaxs-norezident tomonidan nakd xorijiy valyutani chetdan olib kelganini tasdiqlovchi yo'lovchi bojxona deklaratsiyasi 
yoki jismoniy shaxs-norezidentning hisobvarag'idan naqd xorijiy valyutani echib olinganligi to'g'risidagi tijorat banki ma`lumotnomasi;

— ustav fondiga (ustav sarmoyasiga) badal uchun naqd chet el valyutasi qabul qilinganda ta`sis hujjatlarining bankka taqdim etilishi bekor qilindi.

Ko'rishlar soni

243