USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Milliy bank va “Gazprom” o‘rtasida bitim imzolandi

Nashr qilingan sana: 03 11 2017

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 2017-yilning 2-noyabrida Rossiya Federatsiyasining “Gazprombank”i bilan “O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun kredit liniyasini ochish to‘g‘risida” bitim imzoladi.

Shartnomaning miqdori 153 million AQSh dollarini tashkil etadi. Bitimda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 7 yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli kredit resurslarini taqdim etish ko‘zda tutilgan.

Ushbu bitim kafolatsizdir, ya’ni qarz oluvchidan davlat kafolatlarini berishni nazarda tutmaydi, deyiladi bank xabarnomasida.

Ko'rishlar soni

209