USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Microsoft mahsulotlarini legallashtirish masalasi muhokama qilindi

Nashr qilingan sana: 08 11 2017

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Microsoft kompaniyasining MDH davlatlari bo‘yicha bosh direktori Ronald Binkofskiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Jumladan, davlat boshqaruvida texnologiyalarni joriy etish va Microsoft kompaniyasining biznes hamda jismoniy shaxslar uchun dasturiy mahsulotlarini qonuniylashtirishni joriy etish haqida so‘z bordi.

Shuningdek, tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlikni, xususan, talabalar va aholini Microsoft mahsulotlari va xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha o‘qitish tizimini tashkil etish masalalarini ham muhokama qildilar.

Microsoft delegatsiyasining tashrifi doirasida kompaniyaning Yevropa bosh idorasida faoliyat yurituvchi malakali mutaxassislar elektron hukumatni tashkil etish borasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Ko'rishlar soni

139