USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Markaziy Osiyo savdo forumi yakunlandi

Nashr qilingan sana: 24 10 2017

Joriy yilning 18-19-oktabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shamil Burnashev rahbarligida  Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan VII Markaziy Osiyo savdo forumida ishtirok etgan edi. Shuningdek, “C5+1” Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh mintaqaviy hamkorlik doirasida eksport uchravushlarida ham ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston stendi tashkil etilib, unga tashrif buyuruvchilar yurtimizning turli sohalardagi yutuqlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Yalpi yig‘ilishda iqtisodiyot, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish   borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va transport-logistika imkoniyatlari haqida so‘z bordi.

 O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari ishtirokchilarni mamlakatimizda 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan investitsiyalarni jalb qilish, iqtisodiyotni erkinlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

VII Markaziy Osiyo savdo forumi natijalariga ko‘ra O‘zbekiston delegatsiyasi 10 million AQSh dollarilik shartnomalar imzolashdi.

Ko'rishlar soni

208