USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Markaziy bank yangi tangalarni muomalaga chiqaradi

Nashr qilingan sana: 18 03 2018

17 mart kuni O'zbekiston Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi jarayonida Markaziy bankning qiymati 50, 100, 200 va 500 so'mlik tangalar chiqarish to'g'risidagi taklifi, ularning namunalari va dizayni ko'rib chiqildi va ma`qullandi, deya xabar qildi parlament yuqori palatasi matbuot xizmati.


200 so'mlik tanga Markaziy bank tomonidan birinchi marta chiqarilmoqda, 50 so'mlik tanga esa 2001 va 2002 yillarda, 100 so'm — 2004 va 2009 yillarda, 500 so'm — 2011 yilda muomalaga chiqarilgan.

Markaziy bank yil boshida kichik qiymatdagi pul qog'ozlarni bosqichma-bosqich yangi namunadagi tangalarga almashtirish rejasi haqida xabar qilgan edi. Bundan tashqari, yanada yirikroq namunalardagi banknotalarni muomalaga chiqarish haqidagi masala ham ko'rib chiqilmoqda.

Ko'rishlar soni

293