USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

MAK «O'zbekiston havo yo'llari» «Qarshi» aeroportini o'z tarkibidan chiqaradi

Nashr qilingan sana: 07 02 2018

O'zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi «Qarshi» xalqaro aeroportini xalqaro aeroportlarni boshqarish bo'yicha maxsus kompaniya boshqaruviga berishni ko'zda tutuvchi «Qarshi» xalqaro aeroportini rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqmoqda. Bu O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorida aytib o'tilgan.


Aeroport MAK tarkibidan chiqarish rejalashtirilmoqda. Uning hududida «Ochiq osmon» rejimi, shu jumladan, loukoster aviakompaniyalarini jalb qilgan holda joriy qilinadi.

Kontseptsiya 2018 yil 1 iyulgacha ilg'or xorijiy tajribani o'rganish asosida tayyorlanadi.

Ko'rishlar soni

83