USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

“LUKOIL” Qandim gazni qayta ishlovchi zavodining birinchi liniyasini muddatidan avval ishga tushirdi

Nashr qilingan sana: 06 11 2017

Rossiyaning “LUKOIL” kompaniyasi 3-noyabr kuni Qandim gazni qayta ishlovchi zavodining birinchi liniyasini belgilangan muddatdan 5 oy avval ishga tushirdi. Ushbu liniyaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 4,05 milliard kub metr gazni qayta ishlasha mo‘ljallangan.

Kompaniya vaxta shaharchasi, zavodoldi hududi, avtomobil yo‘llari tizimi, tashqi elektr ta’minoti va suv ta’minoti obyektlari, eksport gazini jamlash va quvurini qurish bo‘yicha ishlarni yakunladi. Ikkinchi liniyani qurish bo‘yicha ishlar 2018-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan. Unga 5,5 ming ishchi va mingdan ortiq texnika jalb qilingan.

Yiliga 8,1 milliard kub metr gaz hajmidagi unumdorlikka ega majmua Qandim konlari guruhidan oltingugurt-vodorod saqlovchi tabiiy gazdan 7,9 milliard kub metr tozalangan tabiiy gaz, 134,4 tonna barqaror gaz kondensati, 212,9 tonna qumoq va granulalangan oltingugurt olishga imkon beradi.

Ko'rishlar soni

127