USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Ko‘mir konlari «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tarkibiga o‘tkaziladi

Nashr qilingan sana: 10 11 2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «O‘zbekko‘mir» AJ va «Sharg‘unko‘mir» AJni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tarkibiga o‘tkazish hamda ko‘mir sanoati korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.


Ushbu qaror Prezidentning «Ko‘mir sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish va uning korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash hamda ko‘mir sanoati korxonalarining moliyaviy barqarorligini oshirishga doir tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish maqsadida qabul qilindi.

Unga ko‘ra, «O‘zbekenergo» AJga tegishli «O‘zbekko‘mir» AJ va «Sharg‘unko‘mir» AJning aksiyalari paketlarini «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning ustav kapitaliga davlat hissasi sifatida belgilangan tartibda balans qiymati bo‘yicha topshiriladi.

Shuningdek, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan jamiyatlarning aksiyalarini boshqa aksiyadorlardan qonunchilikda belgilangan tartibda bozor qiymati bo‘yicha xarid qilgan holda «O‘zbekko‘mir» AJ va «Sharg‘unko‘mir» AJni unitar korxonalar etib qayta tashkil etiladi.

«O‘zbekko‘mir» AJga qarashli hududiy distribyutorlik markazlarining 13 ta unitar korxonalarini tugatish, keyinchalik ko‘mir omborlarini «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli «Temiryo‘lyonilg‘ita’min» boshqarmasiga topshirish belgilandi.

«O‘zbekko‘mir» UK va «Sharg‘unko‘mir» UK obyektlarini qo‘riqlash «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi kuchlari tomonidan amalga oshiriladi.

Ko'rishlar soni

218