USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Kichik sanoat zonalarining sharafli vazifalari

Nashr qilingan sana: 20 03 2018

Samarqand shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etiladi. O'zbekiston Adliya vazirligining Huquqiy axborot  kanali shunday xabar berdi.


Prezidentning Samarqand shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari chora-tadbirlari to'g'risidagi qarorida  bu boradagi ishlarning huquqiy jihatlari  belgilab berilgan.

Ta`kidlanishicha, qarordan maqsad, ishlab chiqarish sohasida yangi ish o'rinlari yaratish hamda aholining bandlik va farovonlik darajasini yanada oshirishdan iborat.

Qarorga binoan  viloyatning 14 tuman va shahrida jami 53,1 gektar maydonda kichik sanoat zonalari (KSZ) tashkil etiladi.

KSZ hududidagi davlat ko'chmas mulki tadbirkorlik sub`ektlariga biznes rejalarini bajarish, ish o'rinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni o'z vaqtida to'lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan xolda 10 yillik muddatli ijaraga beriladi.

Mazkur kichik sanoat zonalarilarda davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to'lovining eng kam stavkasi belgilanadi.

Ko'rishlar soni

244