USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

“KAMAZ” yuk mashinalari O‘zbekistonda yig‘iladi

Nashr qilingan sana: 03 11 2017

“O‘zavtosanoat” va “KAMAZ” hamkorlikda yuk transport vositalarini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda.

“O‘zavtosanoat” kompaniyasi hamda Rossiyaning “KAMAZ” jamoat aksiyadorlik jamiyati joriy yilning 2-noyabr kuni yuk avtotransport vositalarini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni ko‘zda tutuvchi hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzolashdi. Ushbu hujjat ikki davlat Bosh vazirlari uchrashuvida “O‘zavtosanoat” boshqaruv raisi Umidjon Salimov va “KAMAZ” bosh direktori Sergey Kogogin o‘rtasida imzolandi, deyiladi kamaz.ru saytida.

“KAMAZ” nomi ostida yuk transportlarini ishlab chiqarish “Uzavtosanoat”ning tarmoq korxonasi bo‘lgan UzAutoTrailer MCHJda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, respublika hududida kelgusida avtotexnika yig‘ish bo‘yicha hamkorlikdagi korxona tashkil etiladi.

Dekabr oyining oxiriga qadar O‘zbekistonga “KAMAZ” avtomashinalarini yig‘ish uchun dastlabki 100 dona yig‘ma komplekt yetkazib beriladi.

Ushbu mashinalar O‘zbekiston bozoriga yetkazib berilishi hamda hamkorlikdagi korxona va uning dilerlik tarmoqlari orqali eksport qilinishi ham ko‘zda tutilgan.

Hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma doirasida O‘zbekistondan “KAMAZ” jamoat aksiyadorlik jamiyatiga avtodetallar va maxsus kuzovlar yetkazib berilishi rejalashtirligan.

Ko'rishlar soni

190