USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Хalqaro paxta va to‘qimachilik yarmarkasi ish boshladi

Nashr qilingan sana: 23 10 2017

Toshkentda XIII Xalqaro paxta va to‘qimachilik yarmarkasi bo‘lib o‘tishi haqida O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar bergan edi. 23-oktabrdan ish boshlagan besh kunlik yarmarka Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoateksport” XK, Fanlar akademiyasi, “O‘zbekyengilsanoat” AJ, Tashqi savdo vazirligi, Respublika tovar-xomashyo birjasi, O‘zbekiston “Sifat” markazi va boshqa manfaatdor tuzilmalar ko‘magida tashkil etildi.

Unda dunyoning 44 ta mamlakatidan 1,5 mingga yaqin mutaxassis ishtirok etmoqda. Alohida mamlakatlarda paxta va to‘qimachilik sohalarini rivojlantirish, jahon paxta bozoridagi tendensiyalar, savdo, logistika hamda sug‘urta sohalari bo‘yicha 16 ta ochiq va maxsus mavzuga bag‘ishlangan sessiyalarni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Paxta seleksion navlarini yaratish, paxta yetishtirish uchun qishloq xo‘jaligi texnikasi, uni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish uchun genetika hamda biotexnologiyalar bilan bog‘liq qator masalalar muhokama qilinadi. Paxtani dastlabki qayta ishlash sohasidagi muammolar va yutuqlarni ko‘rib chiqish, paxta tolasining sifatini baholash va uni to‘qimachilikda qayta ishlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Yarmarka doirasida paxta bo‘yicha Xalqaro konsultativ qo‘mitaning “Globallashuv va texnologik taraqqiyot davrida paxta” mavzusi bo‘yicha 76-yalpi yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.

Ko'rishlar soni

304