USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Gaz narxi oshadi

Nashr qilingan sana: 07 02 2018

Aholiga sotiladigan 1 kilogramm suyultirilgan gaz narxi 2018 yil 1 apreldan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 720 so'm, Farg'ona vodiysi va Toshkent viloyatlarida 700 so'm, qolgan hududlarda 500 so'm etib belgilanadi, deb yozadi O'zA.


«2018 yil 1 avgustdan esa Respublikamizning barcha hududlarida suyultirilgan gaz aholiga 1 kilogramm uchun 800 so'mdan etkazib beriladi», – deydi «O'ztransgaz» AJ boshqarma boshlig'i Akmal Eshonqulov.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda 1 kilogramm suyultirilgan gaz narxi Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 720 so'm, vodiy viloyatlarida 644,7 so'm, Toshkent viloyatida 606 so'm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida 450 so'm, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 372 so'm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 327,6 so'm etib belgilangan.

Ko'rishlar soni

110