USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

“Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi

Nashr qilingan sana: 09 11 2017

Joriy yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror matni O‘zA saytiga joylashtirildi.

Elektr va gaz ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish, bozor mexanizmlarini keng joriy qilish orqali energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash, shuningdek, mazkur sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida qabul qilingan qarorda “O‘zdavenergonazorat” DI, “O‘zdavneftgazinspeksiya” DI, “O‘ztransgaz” AJ va “O‘zbekenergo” AJning faoliyati qoniqarsiz deb topildi.  

Qarorga ko‘ra, 2018-yil 1-yanvardan boshlab yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari, barcha bino va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurishda, issiq suv ta’minoti uchun sertifikatlangan quyosh suv isitgich qurilmalarini, shuningdek, energiya tejamkor lampalarni majburiy tartibda o‘rnatish ko‘zda tutiladi. Davlat organlari va tashkilotlari 2022-yil 1-yanvardan e’tiboran ularning balansida bo‘lgan bino va inshootlarda issiq suv ta’minoti uchun faqat sertifikatlangan quyosh suv isitgich qurilmalari, shuningdek, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan ichki yoritish energiya tejamkor lampalardan foydalanishi shart. Ular markazlashtirilgan issiq suv ta’minotidan uzib qo‘yiladi.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir A.Aripov zimmasiga yuklandi.

Ko'rishlar soni

86