USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Elektron raqamli imzo “yagona darcha” markazlarida beriladi

Nashr qilingan sana: 25 10 2017

Joriy yilning 23-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga faqat “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha yagona markazlar orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.


Unga muvofiq, Elektron raqamli imzo kalitini ro‘yxatga olish va sertifikat berish faqat “yagona darcha” markazlarida amalga oshiriladi. Avvallari bu xizmat bevosita davlat soliq xizmati organlari tomonidan taqdim etilar edi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining sayti.

Elektron raqamli imzo davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat organlari va tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyatini beradi.

Elektron raqamli imzo kalitlarning sertifikatlari yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha beriladi. Uning to‘lovi eng kam ish haqining o‘n foizi miqdorida (14 977 so‘m) etib belgilangan bo‘lib, to‘lovlarni Click, U-Pay, MBank, Payme kabi zamonaviy to‘lov vositlari orqali ham amalga oshirish mumkin.

Ko'rishlar soni

287