USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Boyovutda zamonaviy agromajmua tashkil etiladi

Nashr qilingan sana: 26 10 2017

24-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan zamonaviy agrokompleks faoliyatini kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan zamonaviy agromajmua faoliyati kengaytiriladi. Tumandagi qishloq xo‘jaligi texnikasini saqlash, ularga servis xizmati ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashtirilgan «Boyovut tezkor madad» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasi 2,8 milliard so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatgan. «O‘zRTXB» AJ tomonidan jamiyatga ajratilgan moliyaviy yordam mablag‘lari jamiyatning ustav fondiga yo‘naltirish yo‘li bilan «O‘zRTXB» AJ uning ishtirokchisi bo‘ladi.

«O‘zRTXB» jamiyat negizida zamonaviy agromajmua tashkil qilishni va ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, konservatsiya qilish hamda saqlash loyihalarini amalga oshirishni yo‘lga qo‘yadi, shuningdek, akromajmuaning eksport salohiyatini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha 2017–2018-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi hamda amalga oshirilishini ta’minlaydi.       

Sirdaryo viloyati hokimligi jamiyat negizida yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish maqsadida qo‘shimcha yer maydonlarini belgilangan tartibda ajratadi.

Ko'rishlar soni

243