USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Aziz Abduhakimov: «Gidlar etishmasligi — katta muammo»

Nashr qilingan sana: 08 02 2018

Kuni kecha Wyndham mehmonxonasida Xalqaro press klubning sessiyasi press qahva shaklida bo'lib o'tdi. Unda turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Aziz Abduhakimov va OAV xodimlari o'rtasida ochiq va samimiy muloqot bo'lib o'tdi.


A. Abduxakimov aytishicha O'zbekiston turizmidagi muammolardan biri — sayyohlarga xizmat ko'rsatuvchi gidlarning etishmasligi.

«Sayyohlar O'zbekistondagi diqqatga sazovor joylarga o'zi tashrif buyursa boshqacha, gid bilan tashrif buyurganda esa butunlay boshqacha bo'ladi. Gid tarixiy qadamjolar, me`moriy obidalar haqida juda ko'p narsani so'zlab berishi mumkin. U sayyohni mana shu hududda ko'proq vaqt o'tkazishida muhim o'rin tutadi.

Gid tayyorlash bo'yicha kollejlarda yangi tizim yo'lga qo'yilib, mutaxassislar tayyorlash bo'yicha kvotalar oshirilmoqda. Ular tarixni va xorijiy tillarni chuqur bilishi kerak bo'ladi. Yaxshi ish topish niyatidagi yoshlarimizga, chet tillarini puxta o'rganish lozimligini tushuntirishimiz kerak», — deydi Aziz Abduhakimov.

Ko'rishlar soni

105