USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Gulsara Ismoilova, mehnat faxriysi

Nashr qilingan sana: 05 01 2018

Qo'limdagi og'irroq yuk bilan avtobusga chiqdim. Orqa qatorda o'tirgan qiz darhol o'rnidan turib, joy berdi. "O'tiravering, qizim. Rahmat. Men tezda tushaman",  dedim sumkam bilan u yoqqa o'tish biroz qiyinligi sababli. Oldinda o'tirgan ayol darrov o'rnidan turib, orqaga o'tdi-da, menga o'rnini bo'shatdi. Kontrolyor qo'limdan sumkani olib o'tirishimga yordam berdi. Avtobusdan tushayoganimda bir yigit qo'limdan sumkamni oldi-da uyimning eshigigacha ko'tarib keldi. Yigit ToshMIda o'qir ekan. Uni tarbiyalagan ustoziga va ota-onasiga rahmatlar aytdim. Ko'nglim faraxbaxsh bo'lib uyga kirdim. Menga mehribonlik qilgan odamlarning biri o'zbek bo'lsa, birlari boshqa millat vakillari edi. Turli din va millatlar vakillarining o'zaro xayrixoh, ahil bo'lishib, tinchlikda va inoqlikda yashayotgani kishini quvontiradi.