USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

“Yashil” haftalik yakunlari

Nashr qilingan sana: 16 10 2017

Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa o‘rmonlari haftaligida O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi delegatsiyasi ham ishtirok etdi.


9-13-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan Haftalik doirasida BMTning Yevropa iqtisodiyot komissiyasi o‘rmon va o‘rmon tarmoqlari qo‘mitasi hamda O‘rmon xo‘jaligi bo‘yicha Yevropa komissiyasi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining hamkorlikdagi sessiyasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi Nizomiddin Bakirov soha vakillari bilan uchrashuvlarda ishtirok etdi. U O‘zbekistonda o‘rmonlarning funksional modeli,  kelgusida kuzatilishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularni hal etish chora-tadbirlari hamda kutilayotgan natijalari haqida ma’ruzasi bilan chiqish qildi. Haftalik doirasida O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi BMTning qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan “Markaziy Osiyo cho‘llarini himoya qilish va ulardan maqsadli foydalanish” bo‘yicha kelishuv imzolandi. Shuningdek, M.Zukkova (Germaniya) nomidagi grant loyihalari fondi bilan anglashuv memorandumi imzolandi.

Ko'rishlar soni

153