USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

“Daryoga ikki marta sho‘ng‘ish”

Nashr qilingan sana: 18 10 2017

Andrey Yesionovning shu nomdagi ko‘rgazmasi O‘zbekiston davlat san’at muzeyida tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat san’at muzeyi va Moskva zamonaviy san’at muzeyi hamkorligida o‘tkazilayotgan ushbu ko‘rgazma 15-oktabrdan 15-dekabrga qadar davom etadi. Unda akvarelli, manzarali va portret janridagi ijodiy ishlar namoyish etilmoqda. Ko‘rgazma asarlari ichidagi asosiy eksponat esa “Orol fojeasi” deb nomlanadi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro madaniy aloqalarning rivojlanishiga hissa qo‘shishi ta’kidlanayotgan ko‘rgazma muallifi Andrey Yesionov 1963-yilda Toshkentda tug‘ilgan. U Rossiya rassomlari ijodiy uyushmasi a’zosi bo‘lib, faoliyati Rossiya rassomlar akademiyasi tomonidan mukofotlangan hamda ko‘plab xalqaro san’at festivallari sovrindori bo‘lgan.