USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Sharof Rashidov o‘zining noyob aql-zakovati, boy bilim va tajribasi, mehnatsevarligi va kamtarligi, yuksak insoniy fazilatlari bilan nafaqat O‘zbekistonda, balki uzoq-yaqin o‘lkalarda ham katta obro‘-e’tibor qozongan edi. Bu ulug‘ inson, sobiq mustabid tuzum davrida turli tazyiq va sinovlarga bardosh berib, xalqimiz va millatimizga sadoqat bilan, halol va fidokorona xizmat qildi.

Siyosat

17 Noyabr 2017 O‘zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasiga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev Mun Chje Inning taklifiga binoan 22-25-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zA.

16 Noyabr 2017 O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida ikki tomonlama harbiy hamkorlik to‘g‘risida Reja imzolandi

16-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Abdusalom Azizov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif doirasida Ozarbayjon mudofaa vaziri Zokir Gasanov bilan uchrashdi.
 

Iqtisodiyot

17 Noyabr 2017 “Volkswagen” O‘zbekistonda “Amarok” pikapini ishlab chiqaradi

“JV MAN Auto-Uzbekistan” MChJ QK “Amarok” rusumli pikaplarini ishlab chiqarishni boshlaydi, deb xabar beradi “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati.

16 Noyabr 2017 “O‘zbekzargarsanoati” assotsiatsiyasi tuzildi

15-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018–2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Jamiyat

17 Noyabr 2017 Ertaga – 18-noyabr kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 18-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0-2, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

Nuqtai nazar

Hindistonning «DNA» axborot agentligi: Siyosat

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash muammosi Hindiston uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shavkat Mirziyoyev ekstremizm hamda diniy matnlarning noto‘g‘ri talqin qilinishiga qarshi samarali intellektual vositalar yordamida kurashishni ta’minlash maqsadida Samarqandda tashkil etilayotgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Toshkentda tashkil etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqida ma’lumot berdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Hindiston uchun ham alohida ahamiyatga ega, chunki Hindistonning diniy o‘quv muassasalaridagi aksariyat diniy matnlar va o‘quv rejalari Imom Buxoriyning ilmiy ishlariga asoslangan.

O‘zbekiston Prezidenti nutqida: “birinchi galda yoshlarni ilm-ma’rifatga o‘rgatish, ularga islom dinining insonparvarlik mohiyati, islom madaniyatining asl qadriyatlarini yetkazish ekstremizmga qarshi kurashishning eng samarali vositasi hisoblanadi. Bu borada biz Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etishga qaror qildik”, deya ta’kidladi.

SHHT kotibiyati rasmiy sayti: Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Mintaqamiz xalqlarini ming yillik qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari bog‘lab turadi. Amaliy hamkorlikka tayyorlik va unga astoydil intilish, shuningdek, barcha Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy kelajak uchun mas’uliyatni his etishi mintaqaning barqaror rivojlanishi va farovonligining mustahkam poydevori va kafolatidir”, deya qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidenti “xavfsizlikka tahdidlarni “o‘ziniki va o‘zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish”ga ishonch bildirgan holda, ushbu sohada SHHT doirasida va BMTning muvofiqlashtirishda tutgan o‘rniga tayangan holda “mintaqaviy tuzilmalar mexanizmlari doirasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash”ga chorladi.

Amerikaning “Diplomat” nashri: Siyosat

— 10 noyabr kuni dunyoning turli mamlakatlari delegatsiyalari xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha mintaqaviy konferensiyada ishtirok etish uchun Buyuk ipak yo‘lining yuragi – azim Samarqandda to‘plandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” nomli konferensiya mavzusini bayon etib, o‘zining Markaziy Osiyodagi aholisi eng zich joylashgan davlat rahbari sifatidagi faoliyatining birinchi yilining ustuvor yo‘nalishlari – yaqin qo‘shnichilik va iqtisodiy taraqqiyot haqida so‘zlab berdi.

Mazkur anjumanning o‘tkazilishi O‘zbekiston rahbariyatining ochiq tashqi siyosat yuritish borasidagi qat’iyatini yaqqol namoyon etdi. Markaziy Osiyo mamlakatlarining tashqi ishlar vazirlari hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflar hamda o‘zaro manfaatli, barqaror taraqqiyot yo‘lidagi intilishlarni qo‘llab-quvvatladi.

Qayrat Abdrahmonov, Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri: Siyosat

– Qozoq xalqida shunday naql bor – yaxshi qo‘shni og‘aynidan afzal. Qozog‘iston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari bilan ana shunday tamoyil asosida hamkorlik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan va bundan manfaatdor. Biz kelgusida ham qo‘shni mamlakatlar bilan ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirish tarafdorimiz. Keyingi paytda bu borada O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining muhim kelishuvlarga erishganlarini alohida ta’kidlashni istardim. 

Ayniqsa, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida ilgari surgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam maslahatlashuvlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashabbusini Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev qo‘llab-quvvatlab, birinchi uchrashuvni mamlakatimizda qabul qilishga tayyorligini bildirdi. 

Bugungi xalqaro forumda ham O‘zbekiston Prezidenti mintaqa davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratdi. Biz – Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bu tashabbuslarni hayotga tatbiq etishda faol bo‘lishimiz zarur.

Federika Mogerini, Yevropa ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti: Siyosat

– Sharq va G‘arbni bir-biri bilan bog‘lashda Markaziy Osiyo mintaqasi muhim ahamiyatga ega. Mazkur mintaqadagi davlatlar bugungi kunda Yevropa ittifoqi mamlakatlari bilan barcha sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda. Shu bilan birga, bugungi shiddatkor zamon ushbu aloqalarni yanada rivojlantirishni taqozo etmoqda. Bu, avvalo, Yevropa ittifoqi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, mintaqa davlatlari iqtisodiyotini rivojlantirish, ta’lim, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlashda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, global masalalar – iqlim o‘zgarishi, yoshlar radikalizmi, terrorizmga qarshi kurash, xavfsizlikni ta’minlash borasida Yevropa ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik qilishga, ularni qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor. 

Buyuk ipak yo‘lining chorrahasi, Sharq madaniyati markazi deb e’tirof etiladigan go‘zal shahar – Samarqandda tashkil etilgan mazkur xalqaro konferensiya ham ushbu maqsadlarga xizmat qilishi, eng muhimi, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashi bilan tarixiy ahamiyat kasb etadi.

Georgiy Poltavchenko: O‘zaro hamkorligimiz imkoniyatlari keng Siyosat

Sankt-Peterburg shahri gubernatori Georgiy Poltavchenko mamlakatimizga tashrifi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlar haqida O‘zA muxbiriga o‘z fikrlarini bildirdi.

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv juda samarali bo‘ldi. Unda O‘zbekiston bilan Sankt-Peterburg o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy aloqalarda imkoniyatlar keng. Masalan, O‘zbekistonga Sankt-Peterburgdagi Kirov zavodida ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berishimiz mumkin. Sankt-Peterburgda ekologik toza, sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga talab yuqori. O‘zbekiston shunday mahsulotlarga boy. Delegatsiyamiz tarkibida oziq-ovqat sanoati va savdosiga ixtisoslashgan ko‘plab tashkilotlar vakillari kelgan. Bu borada yo‘lga qo‘yilgan tizim asosida mamlakatingizdan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari olishni ko‘paytirishdan manfaatdormiz.

O‘zbekistonda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shahrimizda bu sohada yaxshi salohiyat mavjud. Bu boradagi hamkorlikni kengaytirish, dori vositalari va tibbiy texnikalar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish zarur.  

Uy-joy, kommunal xo‘jaligi, jamoat transporti, aholiga xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston qadimiy madaniyat o‘lkasi, buyuk allomalar vatani. Sankt-Peterburg Rossiyaning madaniy poytaxti hisoblanadi. Uchrashuvda ko‘p yillik madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Bu kelishuvlarni tez orada huquqiy hujjatlar bilan mustahkamlaymiz. O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli hamkorlikni izchil davom ettiramiz.

Liza Kyortis, AQSh Prezidenti maslahatchisi o‘rinbosari, Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktori: Siyosat

– Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvimiz samarali bo‘ldi. AQSh va O‘zbekiston munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdik.

AQSh O‘zbekistondagi islohotlarni, xususan, iqtisodiyot, inson huquqlari, diniy erkinlik borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholaydi. AQSh va O‘zbekiston hamkorligini rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat mavjud. Mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo va investitsiya aloqalarini kengaytirishdan manfaatdormiz.

Biz O‘zbekistonning mintaqadagi davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash borasida olib borayotgan sa’y-harakatlarini, mintaqaviy integratsiya va hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishish xalqaro hamjamiyat uchun ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu mamlakatdagi muammolarga siyosiy yechim topish, Afg‘onistonning Markaziy Osiyo bilan iqtisodiy hamkorligini rivojlantirishda O‘zbekistonning roli katta, deb bilamiz. Biz Afg‘oniston masalasida O‘zbekiston bilan birgalikda ishlashdan manfaatdormiz. Chunki Afg‘oniston barqarorligi Markaziy Osiyo va AQSh uchun foydali, global terrorizmga qarshi kurashishning muhim qismidir.

Miroslav Yencha: BMT O‘zbekiston bilan hamkorlikni izchil davom ettirish va yanada kengaytirish tarafdori Siyosat

– O‘zbekiston bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamkorligida misli ko‘rilmagan o‘sish kuzatilmoqda. Joriy yilning o‘zida oliy va yuqori darajadagi qator tashriflar amalga oshirildi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning O‘zbekistonga tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasidagi ishtiroki ularning orasida eng muhimlari bo‘ldi.

BMT O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu islohotlar samarasi BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga mos keladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mintaqaviy hamkorlik har tomonlama rivojlanmoqda. Bu butun mintaqa mamlakatlari farovonligini oshirish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Samarqandda bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzusidagi xalqaro konferensiya ham shu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Unda ko‘plab davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlardan vakillar ishtirok etayotgani diqqatga sazovor. Bu mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, turli masalalarni hal etish va istiqboldagi maqsadlarni belgilash bo‘yicha fikr almashish uchun qulay maydon bo‘ladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikni izchil davom ettirish va yanada kengaytirish tarafdoridir, deydi BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yencha.

YXHT va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" ishlab chiqiladi Siyosat

Samarqand shahrida 10-11-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilaridan biri, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Tomas Greminger o‘z fikrlarini bildirdi.

– Samarqandda bo‘lib o‘tadigan nufuzli va muhim konferensiyaga taklif etgani uchun O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman. Bu konferensiya zamonamizning dolzarb masalalari muhokamasiga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega, deb o‘ylayman.

O‘zbekiston barqaror rivojlanish, mintaqada ishonch va hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan pragmatik siyosat olib bormoqda. Bu yondashuv mintaqa davlatlarining o‘zaro aloqalari rivojiga keng yo‘l ochmoqda.

Markaziy Osiyoning tinchligi va taraqqiyoti bizning tashkilotimiz uchun ham muhim. Bu o‘zaro hamkorlik salohiyatidan foydalanish imkoniyatlarini oshiradi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan. Biz uni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda terrorizm, ekstremizm, transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildik. YXHT va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Sport

16 Noyabr 2017 Taekvondo va sport faoliyati fakulteti tashkil etiladi

16-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarkibida “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

16 Noyabr 2017 O‘FF prezidenti Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi bilan memorandum imzoladi

O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Chun Mun Guning taklifiga ko‘ra Seul shahriga safar uyushtirdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

Madaniyat

16 Noyabr 2017 O‘zbekiston Konstitutsiyasining yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi ochildi

 O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi ochildi.

16 Noyabr 2017 “PROlogue” festivalida 15ta qisqa metrajli film qatnashadi

“PROlogue” yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar III Respublika festivali saralash bosqichidan o‘tgan filmlar ro‘yxati e’lon qilindi. 

Ta'lim

16 Noyabr 2017 OTMga kirish test sinovlari 1-15-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi

“Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 16-noyabr kuni e’lon qilindi.

17 Noyabr 2017 Poytaxtimizda «Yoshlar sammiti Toshkent – 2017» festivali boshlandi

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar kengashi tomonidan o‘tkazilayotgan mazkur festivalda o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilari qatnashmoqda. Ular joriy yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tgan «Yoshlar ovozi» tahliliy, ilmiy-amaliy konferensiyasi g‘oliblaridir.