21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21 °C

Anonslar
18 Dekabr  2018 2407

«Startap-loyihalar»ning final ko‘rgazmasi va taqdimoti

Joriy yilning 19 dekabr kuni soat 13:00 da O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi press-klubi (Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 11-uy)da «Startap-loyihalar»ning final ko‘rgazmasi va taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Oliy ta’lim muassasalari (OTM) talabalarining ijodiy va intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish, talabalar va yosh olimlarning kichik innovatsion loyihalarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi BMT Taraqqiyot Dasturining «O‘zbekiston Respublikasi hududlarida tadbirkorlik muhitini takomillashtirish» qo‘shma loyihasi doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi bilan hamkorlikda «Yoshlarning startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturi»ni amalga oshirmoqda.

O‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra, Yoshlarning startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturiga Toshkent shahri va hududlardan 90 ta loyiha tanlab olindi.

Dastur yakunida 19 dekabr kuni soat 13:00 da O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi press-klubida startap-loyihalarning final ko‘rgazmasi va taqdimotini o‘tkazish rejalashtirilgan. Eng omadli loyihalar mualliflari investorlar va bunga qiziqish bildirgan tashkilotlarga o‘z mahsuloti va mijozlari, bozor hajmi va loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan investitsiya haqida so‘zlab beradilar (taqdimot dasturi ilova qilinadi).

О‘xshash anonslar

Joriy yilning 16-17-oktyabr kunlari Samarkand davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsattan fan arbobi K.R. Rahimovning 90 yilli…

Forum ishtirokchilari diqqat markazida Kitob Davlat geologik qo‘riqxonasi ob'ektlarini vizual o‘rganish turadi. 1979-yilda asos solingan Kitob qo‘riqxonasi O‘zbekistonning…

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan Sanofi kompaniyasi ko‘magida «Qalbakilashtirilgan va kontrafakt dori-darmon…

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech