21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12 °C

Anonslar
19 Mart  2019 4751

«Bank Talks» va “Startap-tashabbuslar”: joriy yilning aprel oyida “BankExpo-2019” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 11-13-aprel kunlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida “BankExpo-2019” moliya-bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalarining Milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmada respublikamizda faoliyat yuritayotgan yetakchi tijorat va davlat banklari, sug‘urta, lizing, investitsiya va IT-kompaniyalar ishtirok etadi.

2019-yil 18-mart, Toshkent sh. - Har yili o‘tkaziladigan keng ko‘lamli “BankExpo-2019” ko‘rgazmasi joriy yilning 11-13-aprel kunlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi. BankExpo - bu bank sektori, uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanuvchilari, moliyaviy institutlar va davlat o‘rtasidagi muloqot platformasidir.

“BankExpo-2019” ko‘rgazmasi OAV vakillari uchun rasmiy matbuot anjumanidan boshlanadi. Shuningdek, ko‘rgazma tashkilotchilari, iqtisodiyot va moliya sohalari mutaxassislar hamda davlat muassasalarining boshqa vakillari ishtirokidagi panelli muhokamalar ham bo‘lib o‘tishi kutilmokda.

“BankExpo-2019” ko‘rgazmasi bank-moliya sohasi va ishbilarmonlik sektori vakillarining samarali hamkorlik qilishlarii uchun xizmat qiladi. Ko‘rgazma doirasida soha tadbirlari mahalliy va xorijiy hamkasblar orasida tajriba almashish imkonini yaratib beradi va qator samarali yechimlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Ushbu yechimlar, o‘z navbatida, xarajatlarni qisqartirish va biznes samaradorligini oshirish, chet el investitsiyalarini jalb etish uchun sharoitlar yaratish, shuningdek O‘zbekiston iqtisodiyotining ijtimoiy rivojlanishiga yordam berishga qodir. Xorijiy kompaniyalar ishtiroki orqali mahalliy ishbilarmonlar hamjamiyati bank-moliya sektorida keyslarning ilg‘or tajribasi va amaliy yechimlari, xizmatlarni avtomatlashtirish vositalari va zamonaviy bank uskunalari bilan tanishadilar” - deydi O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasi raisi Baxtiyor Sultonovich Hamidov.

Tadbirlar doirasiga ko‘rgazma eksponentlaridan tashqari bank-moliya sektori mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish maydonchasi bo‘lmish “Bank Talks” muhokamalari, shuningdek investitsiyalarni jalb etish yoki biznes hamkorlikni rivojlantirish uchun xususiy loyihalar taqdimotini o‘z ichiga olgan “Startap-tashabbuslar” ham kiradi.

О‘xshash anonslar

9-10-oktabr kunlari Toshkentda «Yashil texnologiyalar, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni utilizatsiya qilish» II Markaziy Osiyo Xalqaro ko‘rgazmasi va biznes-forumi bo‘lib o‘tadi. 8 ta m…

Joriy yilning 16-17-oktyabr kunlari Samarkand davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsattan fan arbobi K.R. Rahimovning 90 yilli…

Forum ishtirokchilari diqqat markazida Kitob Davlat geologik qo‘riqxonasi ob'ektlarini vizual o‘rganish turadi. 1979-yilda asos solingan Kitob qo‘riqxonasi O‘zbekistonning…

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech