21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12 °C

Anonslar
12 Sentyabr  2019 1803

Oktabr oyida Samarqandda xalqaro konferensiya o‘tkaziladi

Joriy yilning 16-17-oktyabr kunlari Samarkand davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsattan fan arbobi K.R. Rahimovning 90 yilligiga bag‘ishlangan “Oziq-ovqat xavfsizligi: milliy va global omillar” (Food security: national and global challaneges) mavzusida xalqaro miqyosidagi ilmiy-nazariy anjuman o‘taaziladi.

Konferensiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tadqiqotlar olib boruvchi xalqaro markaz (ICARDA) bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

Konferensiya quyidagi sho‘balarda ish olib boradi:

  1. Oziq-ovqat xavfsizligining milliy va xalqaro me'yorlari: ovqatlanish va ovqat hazm qilishning dolzarb muammolari.
  2. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati: qayta ishlash va ozuqalarni biologik qiymatini saqlash masalalari.
  3. Ekologiya va oziq-ovqat xavfsizligi.
  4. Salomatlik strategiyasi: ilmiy asoslangan ovqatlanish madaniyatini targ‘ib qilish.

Konferensiyaga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan talablar:

  • ilmiy maqolalar konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzular bo‘yicha, ilmiy tahlillarga tayanib tayyorlangan, tegishli taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi;
  • ilmiy maqolalar o‘zbek, rus, ingliz tillarida yozilishi mumkin. Ishlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida rezyume hamda kalit so‘zlarini keltirish yo‘li bilan taqdim etiladi;
  • konferensiya mavzusiga mos kelmaydigan va nashr etish talablariga javob bermaydigan ma'ruzalar dasturga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi;
  • ma'ruza matnida keltirilgan ma'lumotlarning haqqoniyligiga mualliflar javobgardir;
  • havolalar har bir betning pastida beriladi va matn oxirida adabiyotlar ro‘yxat shaklida

Ilmiy maqolalar matnlari tahrir qilingan holda A4 hajmdagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2 sm., chapdan 3 sm., o‘ngdan 1,5 sm. joy qoldirib, bir nusxada rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. Maqolaning nomi bosh harflar bilan yozilib, 1,5 intervaldan so‘ng muallifning ismi, otasining ismini bosh xarflari keltirilib, familiyasi to‘liq yoziladi, 1 intervaldan keyin tashkilot (ish yoki o‘qish joyi) va davlat (shahar) nomi ko‘rsatiladi. So‘ngra 1,5 interval qoldirilib, matnning mazmuni 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi. Matnning elektron nusxasi MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 kegel kattaligida bo‘lishi va umumiy hajmi 3 betdan oshmasligi kerak. Maqolalar bir nusxa qog‘ozda va elektron shaklda 2019-yil 15-sentyabrga qadar quyida keltirilgan manzilga taqdim etiladi. To‘plamni nashr ettirish xarajatlarini qoplash

Manzil: 140104, O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15-uy.

Elektron manzil: mirzohid__kuziev@mail.ru,

Murojaat uchun telefonlar: (+998 94) 287-43-26 – Mirzohid Qo‘ziev, (+998 97) 927-75-05 – Bahriddin Bozorov

Konferensiya xabarnomasini http://samdu.uz/konferensivasamdu saytidan olish mumkin.

Ma'ruzalarni chop ettirish va boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida mualliflar maqolaning har bir sahifasi uchun 25000 so‘m miqdorida badal puli to‘lashlari zarur.

Tashkiliy qo‘mita

О‘xshash anonslar

9-10-oktabr kunlari Toshkentda «Yashil texnologiyalar, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni utilizatsiya qilish» II Markaziy Osiyo Xalqaro ko‘rgazmasi va biznes-forumi bo‘lib o‘tadi. 8 ta m…

Forum ishtirokchilari diqqat markazida Kitob Davlat geologik qo‘riqxonasi ob'ektlarini vizual o‘rganish turadi. 1979-yilda asos solingan Kitob qo‘riqxonasi O‘zbekistonning…

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan Sanofi kompaniyasi ko‘magida «Qalbakilashtirilgan va kontrafakt dori-darmon…

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech