18 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,9 °C

Anonslar
27 May  2019 2514

1-iyunda «Humo arena»da bayram dasturi bo‘lib o‘tadi

Tashkilotchilarning aytishicha, unda «Bolalik bo‘lsin!» shou-dasturini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bolajonlar va ularning ota-onalarini 17:30 dan 21:30 ga qadar majmua hududida «Marvell» va «Disney» kinostudiyalari qahramonlari kutib oladi, jajjilar ular bilan nafaqat miriqib o‘ynashi, balki maxsus mo‘ljallangan fotohududda suratga tushishlari ham mumkin. Bundan tashqari, kichik tomoshabinlarni cho‘poyoqlarda yuruvchilar va masxarabozlarning chiqishlari kutmoqda.

Bayramning yoshi katta mehmonlari ham zerikib qolishmaydi. Ular uchun sharlardan shakllar yasash, bolalar bilan chizish va yaratishga o‘rgatadigan interfaol mahorat-saboqlar ham taqdim etiladi.

Majmua hududida batut, tezlikni sevuvchi kichkintoylar uchun avtomobilchalar va velosipedlar ishlaydi.

Ajoyib musiqali va raqsli transformerlar shousi bayramni yakunlab beradi.

Tadbir tashkilotchisi «Humo arena» muz majmuasi ma'muriyati.

Bayram dasturiga kirish bepul.

О‘xshash anonslar

Joriy yilning 16-17-oktyabr kunlari Samarkand davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsattan fan arbobi K.R. Rahimovning 90 yilli…

Forum ishtirokchilari diqqat markazida Kitob Davlat geologik qo‘riqxonasi ob'ektlarini vizual o‘rganish turadi. 1979-yilda asos solingan Kitob qo‘riqxonasi O‘zbekistonning…

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan Sanofi kompaniyasi ko‘magida «Qalbakilashtirilgan va kontrafakt dori-darmon…

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech