21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21 °C

Tashvishli xabar
15 Yanvar  2019 9061

Yuzlab maktablar sovuqdan «burjuyka»lar yordamida saqlanmoqda

Shulardan 193 tasining binosi paxsa yoki xom g‘ishtdan qurilgan. 282 muassasa suv ta’minoti, 480 muassasa isitish tizimi bilan bog‘liq muammolardan aziyat chekmoqda.

731 muassasada oshxonalar, 414 tasida sport zali, 644 muassasada tibbiyot punktlari yo‘q. 661 maktab atrofi devor bilan chala o‘ralgan. Kadrlarning yetishmasligi natijasida dars o‘tayotgan o‘rta-maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar soni anchagina. Boz ustiga sinfxonalar yetishmaydi, viloyatda nochor 278 maktab bor, shuningdek, 442 maktabda darslar 1,5 va undan ko‘p smenada o‘tilmoqda.

Kamchiliklar ko‘p, ularni tez bartaraf etish esa juda muhim. Joriy yilning 11-yanvarida Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Prezidentimiz ham kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish kerakligini ta’kidladi. Bu yerda davlatimiz rahbari Samarqand davlat universiteti va «Ipak yo‘li» nomli Xalqaro turizm universitetiga alohida e’tibor berib, shaharda Germaniya oliy o‘quv yurtlarining filiallarini ochish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Ushbu safardan so‘ng tegishli mahalliy organlar rahbarlarining Xalq ta’limi vazirligi rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv chog‘i har bir rahbarning shaxsiy ma’suliyati va vazifasi haqida, davlatimiz rahyuari bergan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish kerakligi haqida so‘z bordi. Tanqidiy tahlil asosida bir oy ichida viloyatda yuzaga kelgan vaziyatni tubdan takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish va uni hokimlik bilan birga tasdiqlash lozim bo‘ladi. Unda kelajakga mo‘ljallangan aniq maqsadlar aks etadi.

Masalan, o‘quvchilarni teng taqsimlash uchun, nochor va o‘quvchilarga to‘lib ketgan maktablarni tarmoqli maktablarga aynaltirish bo‘yicha taklif kiritildi. Shuningdek, tarmoqli maktablardan foydalanish samaradorligini davlat-xususiy sheriklik mexanizmi orqali oshirish mumkin. Kasb-hunar kollejlarining bo‘shagan binolaridan foydalanib, qo‘shimcha korpuslar qurish kerak. Darvoqye, Samarqand shahridagi yangi Qorasuv mavzesida 540 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab qurilishi yakunlanmoqda. Shunday o‘zgarishlar o‘quv yurtlarining 203 filialini qamrab oladi. Ularni mustaqil o‘quv yurtlariga aynaltirish yoki ularning sonini optimallashtirish talab etiladi.

Xususiy muassasalar raqobatni kuchaytirishga xizmat qiladi va ularning soni kamida ikki baravar ko‘p va aholi uchun qulay joylarda bo‘lishi kerak. Shuningdek, yer uchastkalarini ayniqsa, uzoq joylarda ─ Urgut, Payariq, Pastdarg‘om, Tayloq, Jomboy, Oqdaryo va Samarqand tumanlariga ajratish belgilangan.

O‘quvchilarning oddiy qulayliklar yo‘qligidan qiynalmasligi uchun, «Yo‘l xaritasi»da turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rsatilgan. yetarli malakasi yo‘q pedagog xodimlar o‘rniga asta-sekin oliy ma’lumotli o‘qituvchilar keladi. Bu vaziyatda variantlarning biri – hozirgi o‘qituvchilarni maxsus sirtqi kurslarga yuborish.

Tag‘in bir masala – korrupsiyaga qarshi kurashish, maktablarning byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish yuzasidan imkoniyatlarini kengaytirish, yanada ko‘proq bolalarni qiziqtirish uchun «Barkamol avlod» markazlarida zamonaviy to‘garaklar tashkil etish.

Davlatimz rahbari ko‘targan urbanizatsiya muammolari maktablarning ishiga ham ta’sir etmoqda. Samarqand viloyatida, Toshkent bilan solishtirilganda, bir o‘quvchiga ko‘proq xarajat to‘g‘ri kelsa-da, bu holat o‘quv sifatiga va shart-sharoitlariga ta’sir qilmaydi. Toshkentdagi o‘quvchilar soni 1,6 marta ko‘p, maktablar soni esa – 4 marta, − deydi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov. – Har bir maktabning xo‘jalik ishlari uchun mas’ul direktori, muovini, xodimlari hamda ta’lim bermasa ham, shtatga kerakli ishchilari bor. Bundan tashqari, kichik maktabda ba’zan sport va majlislar zallari, oshxona, laboratoriya va boshqa yordamchi xonalar bilan ta’minlash bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi. Lekin dars soatlari oz fan bo‘yicha, masalan, astronomiya yoki huquqshunoslik bo‘yicha bir pedagogni bir stavka bilan ta’minlash uchun kamida 700 ta bola kerak. Buning natijasida uncha katta bo‘lmagan maktablardagi darslarni boshqa fan o‘qituvchilari o‘tadi: astronomiyani – fizika o‘qituvchisi, huquqshunoslikni – tarixchi. Tabiiyki, o‘qituv sifati ham shunga yarasha bo‘ladi.

Agar tahlil qilsak, O‘zbekistonda 1991-yilgacha qurilgan ko‘p qavatli mavzelar yonida 1,2 – 1,5 ming o‘ringa mo‘ljallangan katta maktablar barpo etilardi. Keyinchalik esa 630 o‘quvchiga mo‘ljallangan kichik maktablar paydo bo‘la boshladi. Shu holatning sabablaridan biri – Investitsiya dasturi bo‘yicha yil davomida imkoni boricha kamroq mablag‘ ishlatishdir. Biroq bu uzoq kelajakda ko‘p xarajatni talab qiladi. Mazkur holatga «ziqna ikki marta to‘laydi» iborasi juda mos keladi, − deya so‘zida davom etdi XTV rahbari. – Natija Samarqanddagi yangi Qorasuv mavzei namunasida yaqqol ko‘rindi. Bu mavze salkam 1,5 ming xonadonga mo‘ljallangan edi, qurilayotgan maktab esa – 540 o‘rinli bo‘lishi lozim edi. Hatto, agar har bir xonadonda bittadan farzand bo‘lsa demak, o‘quv yurtining imkoniyatidan uch marta ko‘p. Agar ikkitadan farzand bo‘lsa-chi, bu o‘quv yurti imkoniyatidan olti martaga ko‘p, degani. Quvonchlisi shuki, mavzeni kelgusida yanada kengaytirilishi doirasida yana bitta muassasa qurish uchun imkoniyat bor. Shuningdek, viloyatning yangi rahbariyati bilan hamkorlikda katta maktab qurish rejalashtirilmoqda. Yurtimizda so‘nggi yillarda paydo bo‘lgan demografik an’ana xalq sonining ko‘payishini ko‘rsatadi, shunga ko‘ra kelajakda uy-joy qurilishi davom etadi. Turar joylar bilan bir qatorda maktablar qurishni ham oldindan nazarda tutish lozim. Ba’zi holatlarda kelajakda kengayishning iloji bo‘lmay qoladi. Agar qurilayotgan bino boshdan ikki-uch qavatli emas, balki to‘rt-besh qavatli etib barpo etilsa, bir o‘quv o‘rniga to‘g‘ri keladigan xarajat kamayadi.

Samarqand viloyatida vujudga kelgan muammolar qo‘shni Qashqadaryo viloyati maktablariga ham tanish. Bu yerda 2018 yilda olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlari viloyatning 80 maktabini qamrab oldi, ushbu ishlar uchun 101,4 milliard so‘m ajratilgan ham. Ammo shunga qaramay, kamchiliklar hanuz yetarli. XTV ishchi guruhi vaziyatni o‘rganar ekan, Mirishkor tumani «Vori» qishloq fuqarolik yig‘iniga qarashli 17-maktabga tashrif buyurdi. Tuman deyarli o‘n yildan beri tabiiy gaz ta’minotidan uzilgan. Amalda bor oltita isitish qozonlaridan foydalanishning imkoni yo‘q: yasama pechdan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Maktabga zaxiradagi o‘n tonna briketga qo‘shimcha sifatida 16,5 tonna ko‘mir yetkazib berilgan, bir haftada qattiq yoqilg‘iga mo‘ljallangan oltita qozon o‘rnatilgan.

 O‘tgan yil davomida 200 maktabning isitish tizimlari yangilandi. Shunga qaramay, 300 dan ziyod maktab modernizatsiya qilishni talab etadi. Bu masala yechilguncha ular «burjuyka» singari va allaqachon yaroqsiz bo‘lib qolgan qozonlarga suyanishga majbur. Nima qilish kerak? yechimlar orasida hozirgi eskirgan asbob-uskunalarni ko‘plab xorijiy davlatlarda o‘zini oqlagan energiyatejovchi asbob-uskunalarga almashtirish ham bor.

Aleksey Romanov,

XTV Matbuot xizmati surati.

 

 

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech