10 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9 °C

Yashil sayyora
12 Aprel  2019 9349

Chiqindilarni qayta ishlash hali to‘la o‘zlashtirilmagan soha

Insoniyat sayyoramizdagi qattiq maishiy chiqindilar (QMCh) bilan hazillashib bo‘lmasligini allaqachon tushundi. Yaqin vaqtdan boshlab dunyoning yetakchi davlatlari ushbu muammoga yechim topish uchun uni qayta ishlash va utilizatsiya qilish yo‘llarini qidira boshladi. Bizning olimlarimiz ham o‘z usullarini ishlab chiqmoqda. Ulardan biri «Madaniyatli jamiyatda chiqindilarning aylanishi»dir.

 

O‘zbekistonda u xoh ruxsat bilan yoki ruxsatsiz bo‘lsin, chiqindixonalarni to‘ldirib yuborish uchun shart-sharoit yo‘q. Xo‘sh, unda nimaga egamiz? Ishlarni bajarishning muvofiq kelmaydigan, ma'nan eskirgan tizimi va hayotga tatbiq etilishi kerak bo‘lgan yaxshi g‘oyalarga.

Ushbu tashabbuslar kamxarj. Asosiy xarajatlar ancha past va ular davlatning emas, balki korxona hamda biznesmenlar zimmasiga tushadi. Keyingilari esa mamlakatda yangi o‘zaro munosabatlarning paydo bo‘lishini muvofiqlashtiradi. Ular darvoqe, sodda va malol kelmaydigan, aholini maishiy chiqindilarni saralashga va sotishga jalb qilishga yo‘naltirilgan.

Bir tomondan, ishlab chiqarish va iste'mol chiqindilari, birinchi galda maishiy chiqindilar tarkibi – bu vaqt o‘tishi bilan xavflilik darajasi orta boradigan mahsulotlardir. Kartoshka po‘choqlari va polietilen paketlar – juda xavfli materiallar hisoblanadi. Boshqa tomondan, QMCh ikkilamchi xomashyo hisoblanadi va chiqindilar uyumini hosil qilish emas, balki bunday mahsulotlarni tezda qayta ishlash foydaliroq.

Chiqindixonalardan biogaz (metan va karbonat angidrid 4:1 nisbatda) ajraladi. U atmosferadagi bug‘xona effektini oshiradi va sayyora iqlimi o‘zgarishidagi salbiy jarayonni tezlashtiradi.

Aholining ham maishiy chiqindilar bilan ishlashida boshlang‘ich bosqichda – o‘z uyi oshxonasida e'tiborsizlik kuzatiladi. Chiqindi chelakka turli ishlatib bo‘lingan narsalarni aralash holda tashlaymiz. Bunday qilish kerak emas! Shunda chiqindi poligonlarida ularni saralashga to‘g‘ri kelmaydi.

Makulatura, temir-tersak, shisha idishlar, latta-putta, turli plastiklar, rangdor metallar, simobli chiroqlarni alohida topshirish zarur. Va eng asosiysi, meva-sabzavotlar chiqindilari, shuningdek, yuqori sifatli organik o‘g‘it olish xomashyosi sifatida talabga javob bermaydigan oziq-ovqat mahsulotlarini ham.

QMCh buning uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarishga topshirilishi kerak: makulatura – qog‘oz-karton kombinatiga, latta-puttalar – to‘qimachilarga, shisha siniqlari – shishasozlarga, rangli va qora metallni ham o‘z zavodlari olib ketadi, kompostlangan chiqindilarni esa organik o‘g‘itlar fabrikalari qabul qiladi.

Yuqorida sanab o‘tilgan ikkilamchi xomashyoni aholi qayerlardadir bozorlarda emas, balki bir qadamgina joyga olib borib topshiradilar. Maxsus korxonalarning tarozili yuk mashinalari belgilangan vaqtlarda mikrorayonlar hovlilariga keladi va aholidan ikkilamchi xomashyoni xarid qiladi. Masalan, bir qadam joy texnologiyasini o‘zlashtirib olgan ko‘chadagi sut-qatiq sotuvchilarga o‘xshab. Sut mahsulotlari ertalab soat yettida har bir uy va podezdlar oldiga yetkazib kelinadi. Bunda ham xuddi shunday – maxsus signalni eshitib, kiyimlarni ham almashtirib o‘tirmay, kartoshka po‘choqlarini topshiraverasiz.

Yuqorida tilga olingan fikrlar ishlab chiqarish va iste'mol chiqindilari bilan ishlashning fundamental, isbot talab etilmaydigan qoidasiga amal qilinishiga olib keladi:

- istalgan korxonaning doimiy asosda o‘z faoliyatidan hosil bo‘lgan chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlashni tashkil etishi shart;

- QMCh aylanishi ularning aralashib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Vaqt o‘tishi bilan ular uyumlarga aylanadi. Buni to‘xtatish lozim.

Xo‘sh, ishni nimadan boshlash lozim? Xalq orasida yangisini qurmay turib, eskisini buzma, degan gap bor. Shu bois avvalo, maxsus korxonalarning o‘zi, yuk avtomobillaridan foydalangan holda hech qanday vositachilarsiz aholidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkilamchi xomashyoni qabul qilishini yo‘lga qo‘yish lozim. Va shu bilan birga chiqindilar borasida tushunmovchiliklar yuzaga kelmasligi uchun har qanday sharoitda ham amaldagi QMChni yig‘ish tizimidan voz kechmaslik kerak.

Turli mamlakatlar turli omillarning va avvalo, chiqindilarning atrof-muhitga salbiy ta'sir ko‘rsatishini kamaytirishga har xil yondashadilar. Bugun Shvetsiya va Singapur yetakchilar qatorida. Shvetsiyada bu yumshoqroq usulda, ya'ni QMCh qayta ishlashni tashkil etish, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish yo‘li bilan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, Singapur ekologik ko‘rsatkichlarni yaxshilashga qattiq usul – jarimalar, taqiqlar va jazolashlar bilan erishgan. Bizning mamlakatga bunday usullarning aralash qo‘llanilishi mos keladi.

Davlatimiz Prezidentining 2018-yil 18-maydagi «Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori sohada keskin olg‘a intilish yasadi. Aholi punktlarida sanitariya holati darajasini ko‘tarishga to‘sqinlik qiluvchi tizimdagi ko‘pgina muammolarning hal etilishi bilan bir qatorda plastik paketlarga ham «urush» e’lon qilindi.

Xususan, 2019-yilning yanvaridan boshlab polimer plyonkadan yasalgan paketlarni bepul berish, shuningdek, uning narxini xarid qilingan tovarlar bahosiga qo‘shish va o‘z tannarxidan past bahoda sotish taqiqlandi.

To‘g‘ri, bunday paketlar kundalik turmushimizda bizga asqotadi, ammo ularning shahar, va umuman, tabiatning odatiyga aylanayotgan manzara kasb etishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Yo‘l chetlari, daryo qirg‘oqlari va dam olish maskanlari ular bilan to‘lib ketgan.

Bundan tashqari, mamlakatimiz hududlarida qalinligi 40 mikrondan past bo‘lgan polimer plyonkalardan paketlar ishlab chiqarish ham hujjat bilan taqiqlangan. Bu mazkur maxsulotni utilizatsiya qilishga qiziqishni oshirishga yordam beradi. Chunki yetarlicha zichlikka ega bo‘lmagan paketlarni qayta ishlash iqtisodiy jihatdan samarasiz hamdir.

G‘alati vaziyat: eski televizorlar, muzlatgichlar, konditsionerlar, changyutgichlar, shinalar va boshqa texnikalar anchadan beri chiqindixonalarda yotmaydigan bo‘lgan. Bu ro‘yxatga plastik paketlar ham qo‘shilishi mumkin. Meva-sabzavotlar va boshqa kompostlasa bo‘ladigan chiqindilar esa tadbirkorlar tomonidan hali qamrab olinmagan. Xullas, o‘tkazib yuborilganlarni zudlikda to‘g‘rilash talab etiladi.

Shu bilan bir qatorda ikkilamchi xomashyo yig‘ish amaliyotini o‘zgartirish, chiqindilar aylanishida muhim bo‘g‘inga aylanadigan aholi uchun bir qadam texnologiyasini joriy etish lozim.

Gennadiy Varlamov.

Texnika fanlari doktori.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech