24 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,1 °C

Ijtimoiy hayot
19 Iyul  2019 1442

Aholi umidini uzmayapti…

«Pravda Vostoka» gazetasida 2019-yil 10-aprel sonida turli mansabdor shaxslarning befarqligi va muammolarga qiziqmayotgani bilan bog‘liq yuzaga kelgan noqulayliklar yuzasidan poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumani aholisining ko‘plab instansiyalarga qilgan murojaatlari haqida so‘z yuritilgan «Bizga parkni qaytaring!» sarlavhali maqola chop etilgandi.

Oradan uch oy o‘tdi va biz yana mushtariylarimiz iltimosiga binoan, ushbu mavzuga qaytdik. Birinchi borgan joyimiz Mirzo Ulug‘bek tumanidagi bir yarim yildan beri yopiq turgan «Gulshan» bog‘i bo‘ldi. Park hech qanday shov-shuvsiz ochilgan! Ya’ni darvozadagi qulf olib tashlanibdi va yashil hududga o‘tish kuniga 24 soat davomida bepul. Shu atrofda turadigan aholi vaqtni kechiktirmay, bolalar bilan onalar, o‘smirlar u yerga yo‘l olishgan ham. Endi u yerda kechqurunlari turli guruhlar to‘planmoqda, daydilar tunab qolishyapti, bo‘sh shishalar va chiqindilar sochilib yotibdi.

«Yashil hudud»ni, ya’ni «tumanning o‘pkasi»ni kelgusida nimalar kutayotganiga izoh berishi uchun park direktori vazifasini bajaruvchi Doniyor Jalilov bilan bog‘landik.

– «Gulshan» parki davlat muassasasi bo‘lib, butun poytaxtda bunaqalardan faqat ikkita, – deydi direktor vazifasini bajaruvchi. – Rivojlantirish uchun katta mablag‘ talab qilgani bois uzoq vaqt qarovsiz qoldi. Aholining foydalanishi, parkni tozalab va tartibga keltirish uchun shunchaki hech kim kelib, pul taklif qilmaydi, shu bois bugun biz uni qayta tiklash va asl maqsadda foydalanilishi, ya’ni yana shaharliklarning hordiq olish maskaniga aylantirish borasida qator loyihalarni ishlab chiqdik. Taklif etilayotgan tashabbuslar orasida – arqon parki va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun noyob hisoblangan bir nechta attraksionlar bor. Ular faol dam olishni sevuvchilarni o‘ziga jalb qilish imkonini beradi. Loyihalar respublikaning qator idoralariga, jumladan, Madaniyat vazirligiga ham jo‘natilgan. O‘zim ham unga yaqin joyda istiqomat qilaman, shu bois park hududining qayta tiklanishidan manfaatdorman. Faqat bitta narsani so‘raymiz – bizga vaqt bering va biz, albatta, shahar infratuzilmasiga ommaviy dam olish va hordiq chiqarish mumkin bo‘lgan to‘laqonli park maydonini qaytaramiz.

Parkning ochilishi haqida mahalliy aholi Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligidan javob oldi. Direksiya uni qayta tashkil etish uchun mablag‘ jalb qilish bo‘yicha ish olib bormoqda ekan. Biroq maqolada tasvirlangan boshqa muammolar haqida lom-mim deyilmagan. Va mushtariylarga ularni eslatib o‘tamiz: ishlamaydigan choyxona, qurilish chiqindilari, toshlar bilan ko‘milib ketgan va ustidan binolar qurilgan «To‘rt ariq», yaqin atrofda bolalar bog‘chasining yo‘qligi, bitta ishlaydigan savdo nuqtasiga ega bo‘m-bo‘sh bozor, qurilishi to‘xtab qolgan maishiy xizmat ko‘rsatish uyi, hisob-kitob kassalari, yo‘llar chetida piyodalar yo‘lkasining yo‘qligi.

Fuqarolar o‘zlarini eshitishlariga bo‘lgan umidni uzishmayapti, turli idoralarga murojaat qilishda davom etishmoqda. Ularning aytishicha, keyingi shikoyatlar ob’ekti prokuratura nazorat organlari bo‘ladi.

Aleksandr Zotov.

«Pravda Vostoka».

«Pravda Vostoka» gazetasining 2019-yil 19-iyuldagi 144-sonida «Надежда жителей питает» sarlavhasi bilan nashr etilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech