23 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +4,4 °C

Hukumat
24 Dekabr  2019 3657

Mamlakat uchun imtihon

Mamlakat bo‘ylab ertalab roppa-rosa soat sakkizda bitta ssenariy bo‘yicha - davlat madhiyasi ostida saylov uchastkalari ochildi. Dastlabki daqiqalardanoq o‘zlari tanlagan nomzodga ovoz berishga qaror qilgan fuqarolar tashrif buyura boshladilar. Xorijda yashayotgan vatandoshlarimiz ham Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, shahar, tuman Kengashlariga deputatlarni tanlab olish uchun ham kelishdi.

O‘zbekiston elchixonalari va konsulliklarida tashkil yetilgan 55 ta saylov uchastkasida shu kuni - 22 dekabr kuni ham ko‘plab mehmonlar tashrif buyurdilar. Birinchi bo‘lib Vladivostokda saylov uchastkasi ochilganida Toshkentda tungi soat 3:00 edi. Keyin estafetani Vashington va Nyu-York shaharlari olishdi, bu paytda poytaxtimizda soat 18:00 bo‘lgandi. Vaqt hududlarida farq mavjud bo‘lsa-da, bu  fuqarolarimizning konstitutsion huquqidan foydalanib ovoz berishiga ta'sir ko‘rsatmadi.

Yangi O‘zbekiston — yangi saylovlar

Bu so‘zlar 2019-yilgi saylov kampaniyasida eng ko‘p jarangladi. Darhaqiqat, amalga oshirilayotgan islohotlar saylovga ko‘rilayotgan tayyorgarliklarda o‘z ifodasini topdi. Kampaniyaning boshlanishi sentyabr oyida e’lon qilindi, ammo bu muhim siyosiy va ijtimoiy voqea ohangini belgilash zamirida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar yotadi. Bu yil Saylov kodeksi qabul qilindi va u asosan, saylov jarayonini tartibga soluvchi qonunlarni birlashtirdi. Yangi me'yoriy-huquqiy hujjatda O‘zbekiston tajribasi bilan birga avvalgi saylovlarda ishtirok etgan xalqaro kuzatuvchilarning tavsiyalari ham inobatga olingan.

Saylov kampaniyasi ochiqlik, shaffoflik, oshkoralik tamoyillari asosida tashkil etildi. Bu yil taqdim etilgan missiyalar soni nihoyatda katta - 50 ga yaqin mamlakatdan, o‘nta xalqaro tashkilotdan 820 dan ziyod vakil. Saylovning borishini kuzatib boradigan mutaxassislar soni shu paytga qadar bunchaga yetmagandi. Bu davlatimizning ochiq siyosati va ayni paytda muloqotga tayyorligining yana bir dalilidir. Zero, taqdim yetilgan tavsiya va takliflar, umuman, xolislik va adolat bilan tuzilgan fikr va xulosalar saylov jarayonini yanada takomillashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, jarayonda o‘z nomzodlarini ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan 70 mingdan ortiq kuzatuvchi ishtirok etdi.

22-dekabr arafasida MSK xalqaro kuzatuvchilar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Xalqaro konferensiya ham tashkil etildi, shu bilan birga, Xalqaro matbuot markazida, EOAVMA media zalidagi bahs-munozaralar klubining yangi platformasi doirasida uchrashuvlar o‘tkazilib, ularda dolzarb savollarga javoblar berildi. O‘sha paytda jimlik kuni bo‘lib, tashviqotlar o‘tkazilmadi, lekin uni tinch ham deb bo‘lmasdi, u sermazmun edi. Voqealar soni asta-sekin oshib bordi, har bir kundan muhim voqyea haqida aholini xabardor qilish uchun maksimal darajada foydalanildi. Markaziy saylov komissiyasida ham saylov qonunchiligi targ‘ibot oyligi o‘tkazilib, unda barcha vazirlik, idora va muassasalar vakillari ishtirok etdi. Saylov jarayonida aholining faolligi va ishtirokini oshirish maqsadida 63 mingdan ortiq tadbirlar tashkil etildi, bu ma’lumot Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisi Sh.Javlonov tomonidan o‘tkazilgan matbuot brifingida keltirildi.

Xuddi kaftdek ko‘rinarli

Saylovni 70 dan ortiq xorijiy ommaviy axborot vositalaridan 135 nafar vakil, shuningdek, respublika bo‘yicha 238 nafar jurnalist va 800 ga yaqin viloyat jurnalistlari faol yoritdi. MSKning xalqaro matbuot markazining tashkil etilishi, veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlardagi platformalar, minglab jonli efir va tadbirlar, jumladan, ilgari bo‘lmagan mitinglar, harakatlar, saylovchilar bilan uchrashuvlarning uyushtirilishi, xullas, axborot oqimi cheksiz bo‘ldi. Markaziy saylov komissiyasining saylov.uz i elections.uz rasmiy veb-saytlariga atigi bir oy ichida 120 mingga yaqin foydalanuvchi tashrif buyurdi. Bundan tashqari, MSK saytida 118,5 mingga yaqin fuqaro o‘z saylov uchastkasini aniqlash xizmatidan foydalangan. Saylov uchastkalarini ko‘rish uchun 11,3 mingga yaqin marta elektron xaritadan foydalanildi. Shu bilan birga 8 ming 300 nafarga yaqin fuqaro joriy yilda mavjud bo‘lgan saylov uchastkalaridan uzatilgan videomurojaatni tomosha qildi.

Nomzodlar kimlar, qanday dasturlari bor, nimalarni rejalashtirmoqda? Bu va boshqa savollarga partiyalar rahbarlari, ularning vakillari va nomzodlar turli formatdagi tadbirlarda javob berishdi. Muloqotga, ba’zan munozaraga barcha taklif qilindi. Markaziy telekanallarning jonli efirlariga savollar telefon va internet orqali ham kelib tushdi. Shu bilan bir qatorda MSKning murojaatlari ham yo‘llandi. Mamlakat aholisini turli jihatlar qiziqtirishi ma’lum bo‘ldi – ularning birortasi e'tibordan chetda qolgani yo‘q.

Nomzodlar bergan javoblarning hammasi ham saylovchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, deb bo‘lmaydi.

Ba’zi javoblar internet tarmog‘ida ancha vaqt aylandi ham, lekin partiya rahbarlariga ham tan berish lozim - ular muloqotga kirishdilar va o‘z nuqtai nazarlarini bayon etishdi.

Axborot jihatidan bu ochiqlik muhim ahamiyat kasb etdi. Bu yil beshta siyosiy partiya go‘yoki shisha kub ichiga tushganday bo‘ldi. Har bir harakat ko‘rinarli, har bir so‘z, advokatlar tilida aytganda, o‘zlariga qarshi ishlatilishi mumkin edi. Ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etgan bu kabi jonli siyosiy bahslar sinov va notiqlik maktabiga aylanib, bunda notiqlarning nimani va qanday gapirishi muhim bo‘ldi. Har bir so‘z o‘ylab aytilishi lozim.

Saylov kampaniyasi xuddi kaftdek ko‘rinib turdi, deyish mumkin. Efirda aytilgan so‘zlar darhol matbuot markazi tasmasining onlayn-xronikasida aks eta boshladi. U yerdan esa zanjir bo‘ylab - elektron ommaviy axborot vositalariga - ijtimoiy tarmoqlardagi sharhlarga ham odamlar ziqnalik qilib o‘tirishmadi. Zero, haqiqiy foydalanuvchilarning har biri kelgusida ishonchini oqlash kerak bo‘lgan saylovchi hamdir.

Bitta odam, bitta ovoz

O‘tkazilgan saylovlar tan olinishi uchun umumiy ro‘yxatning kamida 33 foizi ovoz berishi kerak edi. 22-dekabr kuni soat birda bu marradan o‘tildi - saylovchilarning 42,4 foizi, ya'ni 7,9 milliondan ortiq kishi ishtirok etgani qayd etildi. Yakuniy brifingga esa bu ko‘rsatkich - 71,1 foiz ovozga teng bo‘ldi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov ta'kidlaganidek, joriy yilda mamlakatda birinchi marta joriy etilgan saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga 20 million 495 ming 457 kishi kiritildi. Jumladan, 18 million 797 ming 810 yoki 91,7 foizi - O‘zbekiston Respublikasida, qolgan 1 million 697 ming 647 tasi yoki 8,7 foizi - chet elda.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqovning qayd etishicha, hududlarda saylov jarayonining oshkoraligini ta'minlash maqsadida 60 ta saylov uchastkasiga 120 ta kamera o‘rnatilgan bo‘lib, bu saylov jarayonini bevosita kuzatishga ko‘maklashgan. Bundan tashqari, ushbu axborot tizimida 6,720 ta saylov okrugi va 10 260 saylov uchastkasi va uchastka saylov komissiyalari bo‘yicha to‘liq ma'lumotlar aks ettirildi.

Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimidan foydalanish uchun okrug va uchastka saylov komissiyalari a'zolari va operatorlari, shuningdek, siyosiy partiyalardan 35 mingdan ziyod kishi o‘qitildi. Aloqa, shu jumladan, olis va tog‘li hududlardagi internet xizmatlarini ko‘rsatishning texnik vositalari mavjud bo‘lmagan 30 ta saylov uchastkasi bilan sun'iy yo‘ldosh orqali ulanish ta’minlandi.

Saylovga butun oila bo‘lib tashrif buyurdilar, lekin hamma o‘zi uchun ovoz berishi lozim. Qayd etilgan qonunbuzarliklar yuzasidan brifingda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi X. Mamatov hisobot berdi, so‘ng Bosh prokuror N. Yo‘ldoshyev tomonidan statistika taqdim etildi. Kelib tushgan murojaat va shikoyatlarga o‘z vaqtida javob berish uchun shtablar tashkil etilib, mas’ul shaxslar tayinlandi.

Ichki ishlar vaziri P. Bobojonov yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashda 600 dan ortiq yo‘l patrul ekipajlari ishtirok etayotganini, butun mamlakat bo‘ylab 18 mingdan ortiq ishchi guruhlari tashkil etilganini ta’kidladi.

Dastlabki natijalar

23-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot brifingda Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarda 150 saylov okrugidan 128 nafar deputat saylanganini qayd etdi. 22 saylov okrugida qayta saylovlar o‘tkaziladi.

Jumladan, O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan - 43, O‘zbekiston «Milliy Tiklanish» demokratik partiyasidan - 35, O‘zbekiston «Adolat» sotsial demokratik partiyasidan - 21, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan - 18, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan 11 nafar deputat saylandi.

Saytga kelib tushgan 300 dan ortiq so‘rov qisqa muddat ichida ko‘rib chiqildi va hal etildi. Ijtimoiy tarmoqlardan tushgan 150 ta murojaat ijobiy yechim topdi.  Biroq qoidabuzarliklar qayd etilib, ularning ayrimlari bo‘yicha qo‘shimcha ishlar amalga oshiriladi va tasdiqlangan taqdirda - hujjatlar tegishli idoraga yuboriladi.

Ilgari faqat konsullik idoralarida rasman ro‘yxatdan o‘tgan o‘zbekistonliklarga ovoz berishga ruxsat berilgan edi. 40 ga yaqin mamlakatda tashkil etilgan 55 ta saylov uchastkasida 112,411 nafar saylovchi ovoz berdi. 150,000 saylovchi oldindan ovoz berish huquqidan foydalandi.

Shuningdek, MSK rahbari O‘zbekiston demokratik taraqqiyotning yangi bosqichiga o‘tayotganini, fuqarolarning huquqiy saviyasi qanday yuksalayotganini ko‘rib turganimizni ta’kidladi. Saylovlar butun mamlakat uchun jiddiy sinov, biroq shu bilan birga kelgusida, shubhasiz, barcha sohalarda, xalq farovonligida aks etadigan siyosiy tizimni yanada mustahkamlashga asos bo‘ldi.

Yuliana Moroz

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech